Maksim Nekrasov
Maksim Aleksandrovich Nekrasov (ruscha: Максим Александрович Некрасов; 2000-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Arina Ushakova bilan birga 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sohibi va 2018 — 2019-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali kumush medali sovrindori boʻlgan. Shuningdek, Nekrasov Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida oltita medalni qoʻlga kiritgan, jumladan 2017-yilda Italiyada, 2018-yilda Litvada va 201- yilda Armanistonda boʻlib oʻtgan bosqichlarning barchasida oltin medallar bilan taqdirlangan.
Maxim Nekrasov | |
---|---|
Ushakova/Nekrasov, 2017 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Asl ismi | Максим Александрович Некрасов |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi |
27-sentyabr 2000-yil Odintsovo |
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) |
Sherigi | Yelizaveta Pasechnik |
Oldingi sheriklari | Arina Ushakova, Polina Velikanova |
Jamoasi | Sport School Odintsovo |
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi | Odintsovo |
Uchishni boshlagan | 2004 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 172.81 |
Qisqa raqs | 69.18 |
Erkin raqs | 103.63 |
Shaxsiy hayoti
tahrirMaksim Aleksandrovich Nekrasov 2000-yil 27-sentyabrda Rossiyaning Odintsovo shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
tahrirNekrasov 2004-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2010-yilgacha yakka holda konkida uchuvchi sifatida mashq qilgan; keyin muz ustida raqs sport turiga oʻtgan.
2016 — 2017-yilgi mavsum
tahrirUshakova / Nekrasov juftligi 2016 — 2017-yilgi mavsumdaalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Osmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida qatnashish uchun tanlanib olindi[1]. Juftlik avgust oyi oxirida Chexiyaning Ostrava va oktabr oyida Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda bronza medallarini qo‘lga kiritgan[2].
2016-yil noyabr oyida juftlik 2016 Ice Star musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida yettinchi oʻrinni egallagan[3].
2017 — 2018-yilgi mavsum
tahrir2017-yilgi JGP seriyasida qatnashgan Ushakova / Nekrasov juftligi avgust oyida Belarusiyaning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan bosqichda bronza medalini qoʻlga kiritgan[4]. Ular oktabr oyida Italiyaning Egna shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada oʻzlarining ilk oltin medalini qoʻlga kiritib, kumush medal sohiblari, jamoadoshlari Polishchuk / Vaxnov juftligini ikki ochkoga ortda qoldirganlar. Ushbu natijalar bilan Ushakova / Nekrasov juftligi 2017 — 2018 JGP finaliga yoʻllanma olgan va u yerda beshinchi oʻrinni egallagan[5].
2018-yil yanvar oyida Ushakova / Nekrasov juftligi 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Mart oyida juftlik Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham bronza medali sohibi boʻlgan[6].
Dasturlari
tahrir(Ushankova bilan)
Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2020 — 2021 |
|
|
2019 — 2020 |
|
|
2018 — 2019 |
|
|
Natijalari
tahrirJGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Ushankova bilan
tahrirXalqaro | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 | 18 — 19 | 19 — 20 | 20 — 21 | 21 — 22 |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi
Jahon chempionatlari |
3 | 5 | 4 | ||||
JGP finali | 5 | 2 | |||||
JGP Armaniston | 11 | ||||||
JGP Belarus | 3 | ||||||
JGP Chexiya | 3 | ||||||
JGP Germaniya | 3 | ||||||
JGP Italiya | 11 | ||||||
JGP Litva | 11 | ||||||
Ice star | 2-J | ||||||
Open Ice Mall Cup | 1-J | ||||||
Tallin Cup | 5-J | ||||||
Milliy | |||||||
Rossiya chempionati | 7 | ||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi
Rossiya chempionati |
7 | 3 | 2 | 2 | 11 | ||
J = Oʻsmirlar darajasi |
Manbalar
tahrir- ↑ Slater, Paula. „Shanaeva and Naryzhnyy take narrow lead at Junior Worlds“. Golden Skate (2020-yil 5-mart).
- ↑ „Арина Ушакова - Максим Некрасов -- победители первенства России в Красноярске, Елизавета Шанаева - Девид Нарижный завоевали серебро, Ирина Хавронина - Дарио Чиризано - бронзу“ (ru). FS Russia.ru (2021-yil 5-fevral).
- ↑ Slater, Paula. „Nguyen and Kolesnik dance to Junior World title“. Golden Skate (2020-yil 7-mart).
- ↑ Slater, Paula „Shocked, Shevchenko and Eremenko pocket gold in Vancouver“. Golden Skate (2018-yil 7-dekabr). 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
- ↑ Slater, Paula „Canada's Lajoie and Lagha take ice dance title at Junior Worlds“. Golden Skate (2019-yil 9-mart). 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
- ↑ Slater, Paula „Lajoie and Lagha first after Rhythm Dance in Zagreb“. Golden Skate (2019-yil 7-mart). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.