James Clerk Maxwell
Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg - 1879.5.11, Kembrij) - ingliz fizigi, klassik elektrodinamika, statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik nazariyasini yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qoʻygan shaxs. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1860). Edinburg (1847-50) va Kembrij (1850—54) universitetlarida oʻqigan. Aberdin (Shotlandiya, 1856-60), London (1860—65), Kembrij (1871-yildan) universitetlari professori, 1871-yildan Kembrij universiteti qoshida oʻzi tashkil etgan Kavendish lababaratoriyasi direktori. Ilmiy ishlari molekulyar fizika, optika, mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqalarga oid. Gazlar kinetik nazariyasini rivojlantirgan holda statistik muvozanat holatidagi gaz molekulalarining tezliklar boʻyicha taqsimlanish qonunini topgan (1859). Faradey gʻoyasini rivojlantirgan holda makroskopik elektrodinamikaning maʼlum omillarini umumlashtirib elektromagnit maydon nazariyasini yaratgan (1855—73). Bu nazariya asosida Maksvell tenglamalari deb ataluvchi toʻrtta differensial tenglama yozadi. Tenglamalarni tahlil etib, Maksvell yorugʻlik elektromagnit toʻlqinlardan iborat ekanligi haqidagi muhim xulosalarga keldi. Maksvellning elektromagnetizm nazariyasi hozirgi zamon fizikasining klassik asosi hisoblanadi[2].
James Clerk Maxwell | |
---|---|
Tavalludi | 13-iyun 1831[1] |
Vafoti | 5-noyabr 1879[1] |
Fuqaroligi | United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Otasi | John Clerk-Maxwell of Middlebie |
Onasi | Frances Cay |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |