Malakka
Malakka — Osiyoning jan.-sharqiy qismidagi yarim orol. Hindixitoy yarim orolning janubiy qismi. Gʻarbdan Andaman dengizi va Malakka boʻgʻozi, sharkdan Jan. Xitoy dengizi va uning Siyom qoʻltigʻi oʻrab turadi. Uzunligi 1300 km chamasi. Maydoni 190 ming km². Kengligi eng tor joyida 40 km. Shim. chegarasi Kra boʻyni (10° shahrik.) orqali oʻtadi. Baʼzan M.ga Kra boʻynidan shimolroqdagi hududni (taxminan 13° shahrik.gacha, Myanmaning bir qismini) ham kiritadilar. M.ning shim. qismi Tailand, jan. Malayziya (Gʻarbiy Malayziya) hududi. M.ning yer yuzasi past va oʻrtacha balan-dlikdagi togʻlardan iborat. Eng baland joyi — Taxan choʻqqisi (2190 m). So-hillari botqoklashgan pastekislik. Mezozoy granitlari orasida qalay va volfram konlari bor. Oltin, mis, temir, molibden, qoʻrgʻoshin, rux, boksit, koʻmir konlari topilgan. Iklimi jan.da ekvatorial, shim.da subekvatorial, mussonli iqlim. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000–2000 mm, togʻlarda 4000 mm gacha. Qalin tropik oʻrmonlar, sohil qismi mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Sholi, kauchukli oʻsimliklar, kokos palmasi plantatsiyalari bor. M.da Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahri joylashgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |