Malhamchilar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Malhamchilar (Meloidae) - qattiq qanotli hasharotlar turkumiga mansub qoʻngʻizlar oilasi. Oʻrta Osiyoda 20 dan ortiq turi tarqalgan. Tanasi choʻzinchoq, 8–30 mm, kizil, sariq va qora tusda. Odatda, ikki biqinidan birmuncha qisilgan; moʻylovlari toʻgʻnogʻichsimon, boʻgʻimlarga boʻlingan. Tuxumini yerga qoʻyadi. Lichinkalari chigirtka yoki arilarning inida yarim parazitlik bilan yashab, gipermetamorfoz yoʻli bilan rivojlanadi. Voyaga yetganlari oʻsimlik bilan ovqatlanadi. Qoʻngʻizlari turli qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar keltiradi. Beda, kartoshka, lavlagi va boshqa ekinlarga qizilbosh shpankanit zarari katta. Zararkunanda uncha katta boʻlmagan uchastkalarda, odatda, barcha bargni dogʻ shaklida yeydi. M. qonida hasharotxoʻr hayvonlardan himoyalaydigan zaharli modda — kantaridin bor. Qizilbosh shpanka axlati bilan ifloslangan beda hayvonlar uchun zararli, chunki unda oz miqdorda boʻlsa ham kontaridin bor. M. qoni odamning badaniga tushsa yara qiladi. Bir xil turlaridan tibbiyotda malham tayyorlanadi. Kurash choralari: karbofos (1 — 1,5 kg/ga), fozalon (1,5– 2 kg/ga), sumitsidin (0,4—0,5 kg/ga), ripkord (0,5—0,20 kg/ga) va boshqa insektitsidlar purkash.
Najmiddin Mahmudxoʻjayev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |