Malika Tagmatova
Malika Tagmatova (2001-may 11-yil , Samarqand, O'zbekiston ) — akadem eshkak eshish bo‘yicha o‘zbek sportchisi. 2018-yilda “Paolo De Aloye” xalqaro turnirida 2000 metr masofaga akadem eshkak eshish bo‘yicha juftlik duetida (W2x) Luiza Islomova bilan birga kumush medalni qo‘lga kiritadi[1][2]. 2019-yilda Tokiodagi (Yaponiya) eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Malika Tagmatova yakkalik bahslarida (W1x) oltin medalga sazovor bo‘ladi[3].
Malika Tagmatova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
11-may 2001-yil Samarqand |
Sport | |
Qaysi sport | Eshkak eshish sporti |
Malika Tagmatova, Luiza Islomova, Nargiz Jo‘ldosboyeva, Rayhon Safarovalardan iborat ayollar to‘rtligi akadem eshkak eshish bo‘yicha “Moskva buyuk regatasi” xalqaro turnirida oliy mukofotga egalik qilishdi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „На международном турнире в Италии наши спортсмены завоевали две медали“ (ru). sport.ziyonet.uz. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
- ↑ „1 JW1X - ? Regata Internazionale Memorial Paolo d'Aloja PIEDILUCO 13/04/2018 - 15/04/2018 1 Results - [PDF Document“] (en). fdocuments.in. 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
- ↑ „Malika TAGMATOVA“ (en). worldrowing.com. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „O‘zbekistonliklar Moskvadagi Buyuk regata xalqaro turnirida to‘rtta “oltin”ni qo‘lga kiritishdi“.