MalikrabotNavoiy viloyatidagi shaharcha. Navoiy tumanining markazi (1999-yil 27-maydan). Viloyat markazi Navoiydan 20 km janubi-gʻarbda, Zarafshon daryosining chap sohilida, ToshkentBuxoroUrganch avtomobil yoʻlining oʻng tomonida, 475 metr balandlikda.

Aholisi 7500 kishidan ziyod (2003). Asosan oʻzbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholisining aksariyat qismi Navoiy shahridagi sanoat korxonalarida ishlaydi. Malikrabot Buyuk Ipak yoʻli ustida joylashgan qadimiy aholi maskanlaridan biri. XXVI asrlarda u yirik kasaba. Bobur va Ubaydullaxon oʻrtasida 1512-yil 28-aprelda boʻlib oʻtgan Koʻli Malik jangi Malikrabot yonida boʻlgan. Shaharchada Navoiy konchilik metallurgiya kombinatiga qarashli "Doʻstlik" agrofirmasi, "Sardobaparranda" fabrikasi, Buyuk Britaniya va Oʻzbekistonning "Massey Fergusson" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Malikrabot yonida Navoiy xalqaro aeroporti joylashgan. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, 2 umumiy taʼlim maktabi (1442 oʻquvchi), tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub, madaniyat va istirohat bogi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalaribor. Malikrabotda tarixiy-meʼmoriy yodgorliklardan Raboti Malik va Sardoba Malik (XI asr) saqlanib qolgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil