Natan Murodovich Mallayev (1922.22.1 — Toshkent — 1996) — adabiyotshunos, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Filologiya fanlari doktori (1978), professor (1980). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). "Qardosh xalqlar adabiyoti" (hozirgi oʻzbek klassik adabiyoti) kafedrasi mudiri (1965—91). M. "Oʻzbek adabiyoti tarixi" (oʻrta maktablar uchun, 1953—72), "Oʻzbek adabiyoti tarixi" (un-t va pedagogika institutlari uchun, 1963—65) kabi darsliklar mu-allifi. Asosiy ilmiy tadqiqotlari Navoiy ijodini oʻrganish va mumtoz adabiyot bilan xalqogʻzaki ijodining uzaro taʼsirini tadqiq etishga karatilgan ("Ulugʻ shoir va mutafakkir", 1969; "Navoiy ijodining xalqchil negizi", 1973; "Soʻz sanʼatining gultoji", 1991 va boshqalar). M. "Abulqosim Firdavsiy" (1962) monografiyasini yozgan. S. Ayniyning "Qisqacha tarjimai holim" asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Firdavsiy "Shohnomasining 2 jilddan iborat nasriy tarjimasini, Majlisiy ("Qissai Sayfulmulk" dostoni), Navoiy (ruboiy, tuyuq, lirika) asarlarini nashrga tayyorlagan. M. Navoiy asarlarining ruscha 10 jildli nashrini (5- va 10-j.lar, 1968) tay-yorlashda qatnashgan. Oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maktablar uchun dastur va xrestomatiyalar tuzgan (1952—74).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil