Saodatxon Rasulovna Mamadaliyeva (1954.19.4, Buvayda tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Qoʻqon pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tutatgan (1977). 1973-yildan Buvayda tumanidagi 5maktabda bolalar yetakchisi, 1977-yildan ona tili va adabiyot oʻqituvchisi. M.darsni ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida oʻtadi. Uning tashabbusi bilan maktabda texnika vositalari bilan toʻliq ji-hozlangan fan xonasi tashkil etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil