Sayd Mamarasulov (1943.1.5, Jizzax tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969-yildan Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 7maktabda, 1976-yildan Jizzax shahridagi 6maktabda matematika oʻqituvchisi. U test savollari asosida oʻquvchilar bilimini aniqlash, yangi pedagogik texnologiyani oʻquv jarayoniga joriy etish, oʻquvchilarni baholashda reyting usulidan foydalanishga ahamiyat beradi. Pedagogik faoliyati davomida oʻquvchilari bilan birga 2000 dan ortiq koʻrgazmali qurollar tayyorlagan, maktab matematikainformatika xonasini yangicha talablar asosida jihozlagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil