Mamlakatshunoslik - geografiyaning aniq hududlar (materiklar, mamlakatlar, yirik rayonlar)ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Mamlakatshunos-geograf ushbu hududlarni oʻrganish natijalari asosida ularda koʻpchilik qududlarga xos boʻlgan va shunga mos ravishda tabiiy va iqtisodiy geogr. tomonidan belgilangan umumiy qonuniyatlarning qanday namoyon etilishini taxlil qiladi.

M. — antik dunyoda vujudga kelgan va odamlarning turli mamlakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bilib olish amaliy ehtiyojlari orqali shakllangan. Bir necha ming yilliklar davomida, Gerodotdan boshlab Strabongacha, u mamlakatlar tabiati va xalqlarining hayotini qamrab olgan holda, universal harakterga ega boʻlgan. Koʻpincha, bunday asarlarning mualliflari ushbu mamlakatlarda boʻlib kelgan sayohatchilarning oʻzlari edilar. Mualliflarning taʼrifida ularning diqqatini tortgan barcha hodisalar joy olgan, hikoya qilish tartibini esa odatda, sayohatning yoʻnalishi belgilar edi. Bu asarlarning koʻpchiligida yirik boʻlinmalarga ajratish (tabiat, aholi, xoʻjalik va hokazo)ning aniq sistemasi boʻlmagan.

Fanning ayniqsa, 20-asrdagi rivoji natijasida tabiiy va iqtisodiy geogr. bir-biridan keskin ajraldi. Ularning har qaysisining tarkibida tor yoʻnalishdagi geografik fanlar sistemasi (iqlimshunoslik, tuproq-shunoslik, geomorfologiya, aholishunoslik va hokazo) shakllandi. Bu boʻlinish, oʻz navbatida hududlar (mamlakatlar, rayonlar) boʻyicha maʼlumotlar sinteziga boʻlgan ehtiyojning kengay-ishiga olib keldi. Shuning uchun geo-graflarning tabiatning ayrim komponentlari va xoʻjalikning sohalari boʻyicha ixtisoslashuvi bilan birgalikda hududlar boʻyicha ham ixtisoslashuvning rivojlanishi kuzatiladi, kompleks M. harakteriga ega boʻlgan ehtiyoj vujudga keladi. Ayrim geografik fanlarning rivojlanishi M.ka oid asarlarni yanada balandroq darajaga koʻtarishga imkoniyat yaratdi. Bu esa M.ka doir yozilgan tavsiflarning tuzilishi va mazmuniga taʼsir qildi, oʻrganilayotgan mamlakatning oʻzaro bogʻliq voqea va hodisalarning asosiy toifalari boʻyicha sistematik taʼriflashga yordam berdi. Mustaqil ahamiyatga ega boʻlishi bilan birgalikda bundam M. taʼriflar tarmoqlar uchun ham qimmatlidir.

Shu bilan birga M. asarlari katta ahamiyatga ega. M.ningumumtaʼlim fanlaridan biri sifatidagi ahamiyati oʻrta va oliy maktabda katgadir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil