Mamont
Mamont (lotincha: Mammuthus) — fillar oilasiga mansub qirilib ketgan sut emizuvchi xayvon. Pleyston 2-yarmida Yevropa, Shimoliy Osiyo va Janubiy Amerikada yashagan. Suyak qoldiklari Tosh davrida odamlar yashagan joylardan, yaxshi saqlangan jasadlari Sibir va Alyaskada muz qatlamlaridan topilgan. Mamontning boʻyi 2,5—3,5 m, ogʻirligi 7 t gacha, oyoqlari kalta, juni uzun boʻlgan. Ogʻzidan chiqib turadigan tishlarining uz. 4 m, ogʻirligi 100 kg gacha kelgan. Bu tishlar yordamida Mamont qishda qor ostidan ozigʻini kovlab olgan. Jagʻ tishlari yordamida dagʻal usimliklardan iborat ozigʻini maydalagan. Mamontning topilgan qismlaridan tiklangan tulumi va skeleti Rossiya Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti muzeyiga (Sankt-Peterburg shahri) qoʻyilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |