Manej (frans. manege) — 1) toʻgʻri toʻrtburchak yoki doira tarhli, ichki kismi pardevorsiz bino yoki maydon. Ot sporti, yengil atletika, gimnastika va shahrik. sport turlari boʻyicha mashgʻulot oʻtkazish uchun qurilgan yopiq bino. Unda sport qurollari va jihozlarini saqlash uchun yordamchi xonalar boʻladi. M.da turli sport oʻyinlari, gimnastika, kurash kabilar boʻyicha mashgʻulotlar va xalqaro musobaqalar oʻtkaziladi. Qishda isitish, yozda esa shamollatish uskunalari bilan jihozlanadi. Toshkentdagi "Yoshlik" sport majmuasi M.ining umumiy maydoni 3900 m (1500 oʻrinli), zamonaviy talablar asosida qurilgan. "Jar", "Yunusobod" tennis korti va turli viloyatlardagi sport majmualarining M.lari diqqatga sazovor; 2) sirk zali oʻrtasiga aylana shaklda ishlangan tomosha maydoni, arena.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil