Mangʻistau neft-gaz rayoni
Mangʻishloq neft-gaz rayoni — Qozogʻistonning gʻarbiy qismida, Mangʻishloq yarim orolida joylashgan. Uning neft va gaz bilan bogʻliq qismi Mangʻishloq janubidagi egilmada. Egilmaning uzunligi 300 km, eni 130 km. Rayonning neft-gazliligi 1961-yildan maʼlum boʻlgan, 1965-yildan neft chiqarila boshlagan. 15 dan ortiq neft, neft-gaz va gaz konlari ochilgan. Geologik jihatdan Mangʻishloq janubiy Turon plitasida joylashgan. Eng qadimgi yotqiziklar perm va trias davriga mansub. Ular markaziy qismida 4 km chuqurlikda yotadi. Kesimdagi yotqiziqlar, asosan, terrigen jinslardan iborat. Sanoat ahamiyatiga ega neft-gazlilik trias, yura va boʻr yotqiziqlari bilan bogʻliq. Bu yotqiziqlardagi neft-gaz qatlamlari qalinligi 1 m dan 25 m gacha boʻlib, quduqlar debiti 25 ming m3/sutka. Yura mahsuldor qatlamining foydali kalinligi 65 m, gaz debiti 800 ming m3/sutkaga teng . Eng yirik neft–gaz konlari: Uzen, Tanga, Shaxpaxti, Jetiboy va boshqalar. Barcha konlardagi neftning fizik va kimyoviy xususiyatlari oʻxshash: yengil, s. of. 0,82—0,87 g/sm3, smola miqdori 4,5—19,4% parafin koʻp (12—29%), oltingugurt deyarli yoʻq. Gazlari metanli boʻlib (90%), ogʻir uglevodorodlar miqdori kam (1—2%), qovushqoqligi ham yuqori emas.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |