Manifa — dunyoda eng yirik dengiz osti neft konlaridan biri, Fors qoʻltigʻi sayozligida, Manifa shahridan shimolda joylashgan. Saudiya Arabistoniga qarashli hududda. Fors qoʻltigʻi neftgazli havzasiga mansub. 1957-yilda ochilgan, 1964-yildan neft olinadi. Dastlabki zaxirasi kariyb 1,3 mlrd. t. Neft saklovchi qatlamlar gumbazsimon koʻtarilgan. Quyi boʻr va yuqori yura karbonatli yotqiziqlari mahsuldor. Neft qatlamlari oʻrtacha 2,3 — 2,8 km chuqurlikda yotadi. Boshlangʻich qatlam bosimi 35 MPa. Dastlabki zaxirasi 1216 mln. t. Neftning zichligi 0,88 g/ sm3, qovushqoqligi 9,8 MPa-s. Tarkibida 2,7% oltingugurt bor. Neft tabiiy bosim ostida chiqadi va quvurlar orqali Ras-Tannura porti (Saudiya Arabistoni)ga haydaladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil