Nazirulla Mannonov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nazirulla Mannonovich Mannonov (1909.15.3 – Toshkent – 1981.23.9) – olim, agronom, VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Mehnat Qahramoni (1957)[1]. Oʻrta Osiyo paxtachilik va ipakchilik institutini tugatgan (1933). SoyuzNIXIning Oqqovoq sugʻorish va agrotexnika markaziy stansiyasida ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1934— 51). Toshkent viloyatidagi „Qizil Oʻzbekiston“ raisi (1951—58), SoyuzNIXI direktori (1958-61, 1966-72), OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri (1961—62), Kuba hukumati huzurida bosh maslahatchi – tashkilotchi (1962— 63), OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – fan bosh boshqarmasi boshligʻi (1972-77), 1977-81 yillarda VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi dehqonchilik va kimyolashtirish seksiyasi raisi. Ilmiy ishlari tuproq mahsuldorligini oshirish, gʻoʻza-beda va don ekinlar almashlab ekishni oʻrganish va joriy qilish, mineral oʻgʻitlar va boshqalarni koʻllash masalalariga bagʻishlangan.
Adabiyot
tahrir- Udobreniye xlopchatnika v sevooborote, T., 1971 (v soavtorstve).
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |