Mannu Bhandari
Mannu Bhandari (1931-yil 3-aprel – 2021-yil 15-noyabr) Madhya-Pradeshning Mandsaur tumanidagi Bhanpura shahrida tugʻilgan. U hind yozuvchisi, ssenariylar muallifi, oʻqituvchi va dramaturg edi. Asosan oʻzining ikkita hind romani: Aap Ka Bunty (Sizning quyoningiz) va Mahabhoj (Bayram) bilan tanilgan. Bhandari 150 dan ortiq qisqa hikoyalar, bir nechta romanlar, televidenya va kino uchun ssenariylar va teatr uchun spektakllar yozgan. U hind adabiyotidagi Nayi Kahani harakatining kashshofi boʻlib, Hindistonning yangi paydo boʻlgan oʻrta sinfi intilishlariga eʼtibor qaratgan. U oʻz asarlarida oʻrta sinf ishchi va oʻqimishli ayollarning ichki hayotini tasvirlashi bilan ajralib turadi. Uning asarlari Hindistondagi oila, munosabatlar, gender tengligi va kastalarni kamsitish mavzulariga bagʻishlangan.
Mannu Bhandari | |
---|---|
Tavalludi |
2-aprel 1931-yil Bhanpura, Indore State, British India |
Vafoti |
15-noyabr 2021-yil (90 yoshda) Gurgaon, Haryana, Hindiston |
Fuqaroligi | Hindiston, Britaniya Hindistoni va Hindiston ittifoqi |
Turmush oʻrtogʻi | Rajendra Yadav |
Bhandarining asarlari kino va sahnaga, jumladan Doordarshan (Hindistonning ommaviy eshittirish xizmati), BBC va Hindistondagi Milliy drama maktabi uchun spektakllarga moslashtirilgan. Uning asarlari hind tillaridan boshqa tillarga, shuningdek, fransuz, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. U ijodi uchun Hindistonda koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, Uttar Pradesh Hindi Sansthan va Vyas Samman shular jumlasidandir. U 21-asr hind adabiyotining eng koʻzga koʻringan yozuvchilaridan biri boʻlib, Indian Express oʻlimidan soʻng uni „hind adabiy olamining doyennasi“ deya taʼriflagan[1].
Mukofotlari
tahrir- Uttar Pradesh Hindi Sansthan (Uttar Pradesh hind instituti) Mahabhoj uchun 1980—1981
- Bhartiya Bhasha Parishad (Hind tillari kengashi), Kalkutta, 1982-yil
- Kala-Kunj Samman (mukofot), Nyu-Dehli, 1982-yil
- Bhartiya Sanskrit Sansad Katha Samaroh (Hind sanskrit tilida hikoya qilish funksiyasi), Kalkutta, 1983-yil
- Bihar Rajya Bhasha Parishad (Bihar davlat tillari kengashi), 1991-yil
- Rajasthan Sangeet Natak Akademiyasi, 2001—2002
- Maharashtra Rajya Hindi Sahitya Akademi (Maharashtra Shtat Hind adabiyoti Akademiyasi), 2004
- Hind akademiyasi, Dilli Shalaka Samman, 2006—2007
- Madhya Pradesh Hindi Sahitya Sammelan (Madxya Pradesh hind adabiyoti konferensiyasi), Bhavbhuti Alankaran, 2006—2007
- KK Birla jamgʻarmasi unga 18- Vyas Samman mukofotini Ek Kahani Yeh Bhi avtobiografik romani uchun taqdim etgan[2].
Ijod naʼmunalari
tahrirBadiiy adabiyot
tahrir- Ek Inch Muskaan (1962) (Rajendra Yadav bilan hammuallif) ISBN 8170282446
- Aapka Bunty (1971) ISBN 978-8171194469
- Mahabhoj (1979) ISBN 9788171198399
Qisqa hikoyalar antologiyalari
tahrir- May Haar Gai (1957)
- Ek Plaite Sailab (1962) ISBN 978-8171197071
- Yahi Such Hai (1966) ISBN 978-8171192045
- Tin Nigahonki Ek Tasvir (1959) ISBN 978-8171197132
- Trishanku (1978) ISBN 978-8171197286
- Meri Priya Kahaniya (1973)
- Pratinidhi Kahaniya (1986) ISBN 978-8126703456
- Srestha Kahaniya (1979)
- Sampurna Kahaniya (2008)
Spektakllari
tahrir- Bina Deevaron Ke Ghar (1966)
- Mahabhoj: Dramatizatsiyalar (1981)
- Bina Divaron Ka Ghar (1965)
- Pratishodh tatha Anya Ekanki (1987)
Ssenariy
tahrir- Katha-Patkatha (2003)
Avtobiografik kitobi
tahrir- Ek Kahaani Yeh Bhi (2007)
Bolalar adabiyoti
tahrir- Aanxon Dekha Jooth (hikoyalar antologiyasi)
- Aasmata (badiiy)
- Kala (badiiy adabiyot)
Manbalar
tahrir- ↑ „Mannu Bhandari turned the eye inwards, to the complex layers of man-woman relationships, nuances of family system“ (en). The Indian Express (2021-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
- ↑ „Mannu Bhandari to get Birla Vyas Samman 2008 - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.