Manoel oroli
Manoel oroli ((maltacha: Il-Gżira Manoel), ilgari Yepiskop oroli (maltacha: Il-Gżira tal-Isqof) yoki Isolotto (italyancha: Isola del Vescovo) nomi bilan ham mashhur boʻlgan) – Maltaning Marsamxett bandargohidagi Gżira munitsipaliteti tarkibiga kiruvchi kichik orolcha. U 1720-yillarda orolda qal’a qurgan portugaliyalik grand master António Manoel de Vilhenaning sharafiga shunday nomlangan.
Native name: Il-Gżira Manoel | |
---|---|
Manoel orolining yuqoridan koʻrinishi | |
Marsamxett bandargohi ichidagi Manoel oroli xaritasi | |
Geography | |
Location | Marsamxett bandargohi, Malta, Sitsiliya janubida, Oʻrta yer dengizi |
Coordinates | 35°54′14″N 14°30′07″E / 35.904°N 14.502°E |
Archipelago | Malta orollari |
Area | 0.3 km2 (0.12 kv mi) |
Administration | |
Malta | |
_BLANK_ |
Geografiyasi
tahrirManoel oroli past, ancha tekis tepalik boʻlib, orol shakli taxminan bargga oʻxshab ketadi. U Marsamxett bandargohining oʻrtasida joylashgan. Orolning janubida Lazzaretto joylashgan, shimolidan esa Sliema daryosi oqib oʻtadi. Manoel oroli asosiy orol Malta bilan koʻprik orqali bogʻlangan. Butun orolni poytaxt Vallettaning qal’alaridan turib koʻrish mumkin[1].
Tarixi
tahrir1570-yilda orol Mdina sobori tomonidan sotib olingan va u Malta yepiskopi mulkiga aylantirilgan. Shuning uchun, u Maltada l’Isola del Vescovo yoki il-Gżira tal-Isqof (Yepiskop oroli) deb ham nomlanadi.
1592-yilda vabo avj olgan paytda Lazzaretto deb nomlanuvchi karantin kasalxonasi bunyod etilgan. Kasalxona yogʻoch kulbalardan qurilgan boʻlib, kasallik toʻxtaganidan keyin bir yil oʻtgach, buzib tashlangan. 1643-yilda grand master (orol egasi) Laskaris hukmronligi davrida Avliyo Ioann ordeni orolni cherkov va Rabatdagi bir qancha yer mulkiga almashtirgan. Orolga tashrif buyuradigan kemalarda vabo va boshqa kasalliklarning davriy oqimini nazorat qilish uchun doimiy Lazzaretto qurilgan. U dastlab karantin markazi sifatida foydalanilgan, u yerda karantindagi kemalardan yoʻlovchilar kasalxonaga oʻtkazilgan. Kasalxona keyinchalik grand masterlar Kotoner, Karafa va de Vilhena davrida yaxshilangan[2].
1723–1733-yillarda portugaliyalik yer egasi Antonio Manoel de Vilhena tomonidan orolda yangi Bastion qal’asi qurilgan. Qal’a mulkdor sharafiga Fort Manoel deb atalgan va orolda bir qator oʻzgarishlar yuz bergan. Qal’a 18-asr harbiy muhandisligining odatiy namunasi hisoblanadi va uning asl rejalari René Jacob de Tignéga tegishli boʻlib, uning doʻsti va hamkasbi Sharl Fransua de Mondion tomonidan qayta qurilgan, u qal’a ostidagi qasrga dafn etilgan. Manoel Fortda ajoyib toʻrtburchak, parad maydonchasi va arkada mavjud boʻlib, bir vaqtlar ordenning bevosita buyrugʻi ostida bu yerda Sankt Anthony Paduaga bagʻishlangan barokko ibodatxonasi qurilgan.
Britaniya davrida Lazzarettodan foydalanishda davom etishgan va 1837 va 1838-yillarda ser Henry Bouverie gubernatorligi davrida kengaytirilgan. Undan qisqa vaqt davomida qoʻshinlarni joylashtirish uchun ishlatilgan, ammo 1871-yilda yana kasalxonaga aylantirilgan. 19-asr davomida kasalxonaning profumo boʻlimida kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun kelgan xatlarning bir qismi fumigatsiya va dezinfeksiya qilingan.
Ikkinchi Jahon urushi paytida, Malta qamal qilinganida, Manoel oroli va uning qal’asi Qirollik dengiz flotining 10-chi suv osti floti tomonidan dengiz bazasi sifatida foydalanilgan, oʻsha paytda u „HMS Talbot“ yoki „HMS Phoenicia“ deb atalgan. Avliyo Anthony ibodatxonasi 1942-yil mart oyida Luftwaffe bombardimonchilari tomonidan vayron qilingan. Orol va qal’a koʻp yillar davomida qarovsiz qolib ketgan[3].
Hozirgi holati
tahrirYaxta Marina va Yaxta hovlisi
tahrirManoel orolida hozirda yaxta hovlisi va yaxta marinasi hududi mavjud. Yaxta marinasi 2011-yildan beri yangi boshqaruv ostida boʻlib, uzunligi 80 metrgacha boʻlgan kemalarni qabul qiladi. U jami 350 ta kema qoʻyish joyiga ega[4].
Yaxta hovlisiga uzunligi 50 metrgacha boʻlgan va suv oʻtkazuvchanligi 500 tonnaga yetadigan yaxtalar va katamaranlar sigʻishi mumkin. Hovli qayiqni saqlash, qismanva toʻliq taʼmirlash singari xizmat turlarini taklif qiladi[5].
Oʻrdaklar qishlogʻi
tahrirBir necha yil davomida Manoel oroli uni asosiy orol bilan bogʻlaydigan koʻprik yaqinida oʻrdaklar va boshqa suv qushlari uchun ajoyib, norasmiy qoʻriqxonaga ega boʻlgan. U mahalliy koʻngillilar tomonidan yaratilgan va butunlay xususiy xayriyalar hisobidan moliyalashtirilgan[6]. 2021-yilda aholi va faollarning bir qancha shikoyatlari tufayli mazkur manzilgoh buzib tashlangan[7].
Mushakbozlik namoyishlari
tahrirSliemadan tomosha qilish mumkin boʻlgan, yillik pirotexnika namoyishlari har yilning avgust oyida Manoel orolidan boʻlib oʻtadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Manoel Island“. Local Councils' Association. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
- ↑ Muscat, Ben. „Brief history of the lazaretto (1)“. Times of Malta (2008-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
- ↑ Said, Frans H.. „Brief history of the lazaretto (2)“. Times of Malta (2008-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
- ↑ „About Us“. Manoel Island Yacht Marina. Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
- ↑ „Overview“. Manoel Island Yacht Yard. 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
- ↑ „Duck Village“. howtomalta.com. 2012-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
- ↑ Magri, Giulia. „Ġzira's Duck Village demolished over unsanitary conditions“. Times of Malta (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.