“Manozil us-soyirin” (“Sayr qiluvchilarning manzillari”) – Xoja Abdulloh Ansoriyning asari. 1002-yilda yozilgan. Bu nomda muallifning ikki asari boʻlgan: biri arab, ikkinchisi fors tilida. Asar Hirot ahlining suluklar, manzillar haqidagi savollariga javob tarzida yozilgan boʻlib, unda nasrdagi sajʼ sanʼatining yuksak namunalari keltirilgan. “Manozil us-soyirin”ga juda koʻp tasavvuf namoyandalari, jumladan, Navoiyning zamondoshlaridan Muhammad Tabodgoniy va Kamoliddin Husayn sharh yozganlar[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.