Mixail Filippovich Mansurov [1916.15(28)10, Chelyabinsk viloyati Plast shahri – 1993.24.12, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti. 1937—51 yillar Sverdlovsk, Odessa, Irkutsk teatrlarida, 1951—93 yillar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida ishlagan. Aktyor qahramononaromantik ruxdagi, harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning ijrosi iliq samimiyati, obrazlarni kuchli, yorqin va ishonarli yaratish mahorati bilan ajralib turadi. Romeo („Romeo va Julyetta“), Trofimov („Olchazor“), Dehqonboy („Shohi soʻzana“), Rustam („Paranji sirlari“), Yakov Bogomolov („Yakov Bogomolov“), Trigorin („Chayka“), Markiz de Poza („Don Karlos“), Luka („Tubanlikda“), Salohitdin („Sharq tongi“) kabi rollari bilan shuhrat qozongan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil