Mantuaner
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mantuaner — kechpishar olma navi. Vatani — Jan. Tirol (Italiya). Daraxti balandligi 6–11 m, shox-shabbasi kengligi 8–13 m ga boradi. Oftobga karagan tomoni qizil, eti oq, muloyim, sen-t.ning oxirlarida terib olinadi. Fe-v.gacha yaxshi saqlanadi. Mart oyining 2-yarmida kurtak chiqarib, aprelning 1-oʻn kunligida gullaydi. Rozmarin, Si-merenko kabi navlar bilan yaxshi changlanadi. Meva shakli keng yapaloq sharsimon, vazni 70—80 g . Niholi ekilgandan soʻng 7— 8-yili hosilga kiradi, 10—12 yoshli daraxtidan har yili 600–750 kg hosil olinadi, saqlanish jarayonida taʼmi yanada yaxshilanadi. Uzoq masofalarga joʻnatishga yaroqli. Mevasi tarkibida 83,5% suv, 2,29% quruq modda, 9,7% kand, oz miqdorda pektin moddalari mavjud. Konserva sa-noatida sharbat tayyorlanadi. Kasallik va zararkunandalarga chidamli. Toshkent, Fargʻona, Andijon, Samarqand viloyatlaridagi bogʻlarda uchraydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |