Manuel Akanji
Manuel Obafemi Akanji (1995-yil 19-iyulda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Bundesliganing Borrusia Dortmund klubi va Shveysariya terma jamoasi himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Manuel Obafemi Akanji[1] | ||
Tavallud sanasi | 19-iyul 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Wiesendangen,[2] Switzerland | ||
Boʻyi | 1.88 m[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Borussia Dortmund | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004-2007 | FC Wiesendangen | ||
2007-2014 | Winterthur | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014-2015 | Winterthur | 35 | (1) |
2015-2018 | Basel | 42 | (5) |
2018- | Borussia Dortmund | 119 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2014 | Shvetsariya U20 | 2 | (0) |
2014-2015 | Shvetsariya U21 | 6 | (0) |
2017- | Shvetsariya | 41 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14-may uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirWiesendangen shahrida tugʻilgan[4] Akanji oʻzining yoshlik faoliyatini Vizendangendagi mahalliy klubda boshlagan. 2007-yil may oyida Akanji klubini oʻzgartirdi va „Vintertur“ klubining yoshlar jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Dastlabki yillarida u 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida, keyin esa ikkinchi jamoasida oʻynagan. 2014-15-Challenge ligasida u Vinterturning boshlangʻich tarkibida edi.
Basel
tahrir2015-yilning 15-aprelida Akanji Superliganing 2015-16-yilgi mavsumi uchun Baselga oʻtishi eʼlon qilindi[5]. U Shveysariya Superligasidagi debyutini 2015-yilning 26- sentyabrida „Lugano“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Murabbiy Urs Fisher qoʻl ostida Akanji 2015-16-Superliga mavsumi[6] va 2016-17-Superliga mavsumi oxirida ikkinchi marta Shveysariya Superligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Klub uchun bu ketma-ket sakkizinchi chempionlik va jami 20-chempionlik unvoni boʻldi. Shuningdek, ular Shveysariya kubogini oʻn ikkinchi marta qoʻlga kiritishdi, bu esa klub tarixida oltinchi marta dublga erishganini anglatadi[7].
Borussiya Dortmund
tahrirAkanji 2018-yilning 15-yanvarida qishki transferlar vaqtida Dortmundning „Borussiya“ klubiga 18 million yevro evaziga oʻtgan edi[8]. U 2022-yilning iyuniga qadar toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[9]. 27-sentyabr kuni Akanji klub uchun birinchi golini va Bundesligadagi birinchi golini urdi[10]. Akanji 2019/20-yilgi mavsumda Dortmundning „Bavariya“ga muvaffaqiyatsiz oʻyini paytidagi xatolari uchun koʻp tanqid qilindi. Akanji jamoaning zaif boʻgʻini sifatida alohida koʻrsatilgan asosiy oʻyinchilardan biri edi[11].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirAkanji Shveysariya U20 terma jamoasida ikkita oʻyinda maydonga tushdi. Uning debyuti 2014-yilning 7-sentyabrida Germaniya U20 terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) boʻlgandi. 2014-yildan u Shveysariya U21 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 26-mart kuni Italiya U21 terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:3) debyut qilgan.
Akanji 2017-yil 9-iyun kuni JCh-2018 saralashi doirasidagi Farer orollariga qarshi oʻyinda (2:0) terma jamoaga chaqirilgan va oʻsha oʻyinda debyut qilgan. U butun 90 daqiqa oʻynadi[12].
U Shveysariya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.
2019-yilning may oyida u 2019-yil UEFA Millatlar ligasida oʻynadi va uning jamoasi 4-oʻrinni egalladi[13].
2021-yilda u 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati uchun milliy terma jamoaga chaqirildi va u yerda jamoa chorak finalga qadar yetib bordi va turnirning asosiy sensatsiyalaridan birini yaratdi[14].
Shaxsiy hayot
tahrirAkanji Shveysariyaning Wiesendangen shahrida tugʻiladi. Uning onasi shveysariyalik, otasi esa nigeriyalik boʻlgan[15].
Yutuqlar
tahrirFc Basel
- Shveysariya Superligasi: 2015-16, 2016-17
- Shveysariya kubogi: 2016-17[16]
Borussiya Dortmund
- DFB-Pokal: 2020-21
- DFL-Superkubogi: 2019
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Switzerland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website.
- ↑ „Manuel Akanji“. Borussia Dortmund. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
- ↑ „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
- ↑ Ein neuer Verteidiger für den FCB: Manuel Akanji kommt vom FC Winterthur (Wayback Machine saytida 2016-01-31 sanasida arxivlangan) TagesWoche dated 15.
- ↑ Marti. „Es ist vollbracht ! Der FCB ist zum 19. Mal Meister“. FC Basel 1893 (2016). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
- ↑ Marti. „Der Saisonabschluss im Zeitraffer“. FC Basel 1893 (2017). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
- ↑ "Wechsel perfekt!
- ↑ Borussia Dortmund. „BVB verpflichtet Schweizer Nationalspieler Manuel Akanji“. bvb.ch (2018). Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
- ↑ „Marco Reus stars as breathtaking Borussia Dortmund put seven past Nuremberg“. Bundesliga. Qaraldi: 2018-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Three Borussia Dortmund players who need to improve“ (2019-yil 11-noyabr). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
- ↑ „Färöer Inseln 0:2 Schweiz“. football.ch. Schweizerischer Fussballverband (2017-yil 9-iyun). Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
- ↑ „Pickford the hero in England shootout win“. BBC Sport.
- ↑ https://www.uefa.com / uefaeuro-2020 / match / 2024485 — switzerland-vs-spain / lineups /? iv = true
- ↑ „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Swiss football: FC Basel wins 3-0 over Sion in Geneva; police extra vigilant after game“. allaboutgeneva.com (2017-yil 25-may). 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.