Manuel Núñez Yanowsky (1942-yil 22-iyul, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – Ispaniyalik shahar meʼmori, Ispaniya Qirollik Tasviriy sanʼat akademiyasining aʼzosi, Quddusdagi Avliyo Lazar (Bryussel) harbiy ordeni kavaleri.

Manuel Núñez Yanowsky
ispancha: Manuel Núñez Yanowsky
Tavalludi 22-iyul 1942-yil
Fuqaroligi Ispaniya va Oʻzbekiston[1]
Taʼlimi Barselona universiteti
Kasbi Arxitektor
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Yanowsky 1942-yil 22-iyulda O‘zbekiston SSR Samarqand shahrida tugʻilgan. Bolalik va oʻsmirlik yillari Odessada oʻtgan.

Ispaniyaga kelganidan bir necha yil oʻtgach, Barselonadagi doʻstlari taʼkidlaganidek, „Manolo“ 1960-yillardagi ilgʻor soʻl Kataloniya ziyolilarining asosiy yuzlaridan biriga aylanadi.

1961–1965-yillarda Ispaniyaning Barselona shahridagi Adria Gual dramatik sanʼat maktabida sseno

Faoliyatining turli davrlarida u Taller de Arquitectura[2], Les Atelliers du Grand Hornu[3], MNY[4], SADE[5] kompaniyasining asoschisi va hamkori boʻlgan.grafiya va rejissyorlik boʻlimida oʻqigan. Adria Gual maktabi oʻsha paytda Ispaniyada taqiqlangan katalon tilida oʻqitish olib boriladigan birinchi xususiy universitet edi.

Manuel Núñez Yanowsky 1961–1978-yillarda Ispaniyaning Barselona shahridagi Taller de Arquitectura kompaniyasi asoschisi va hamkori boʻlgan. U Ispaniya, Fransiya va Jazoirda arxitektura va shaharsozlik konsepsiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan koʻp tarmoqli guruhni boshqargan.

1978–1980-yillarda Belgiydagi Les Ateliers de Grand Hornu, Fransiya, Liberiyada shahar ansambllari, jamoat binolari, turar-joylar loyihalari va amalga oshirilishida arxitektor-sherik boʻlgan.

1980–1991-yillarda MNY Arxitektor-tadbirkor. Parijda arxitektorlar va shaharsozlikchilar jamoasi bilan ishlaydi. Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Gollandiya, Germaniya, SSSRda shahar ansambllari, davlat muassasalari va turar joylari loyihalari va amalga oshirilishi, yangi avlod yigʻma beton sohasida fransuz yangi texnologiyalarini oʻtkazish va SSSRda qoʻshma (Fransiya bilan) korxonalarni yaratish boʻyicha loyihalarda ishtirok etadi. 1991—2014-yillarda Fransiya, Ispaniya, Kataloniya, Galisiya, Rossiya Federatsiyasi (SSSR), Argentina, Qozogʻiston, Rossiyada barqaror rivojlanish talablariga javob beradigan rejalashtirish va hududlarni rivojlantirish loyihalariga ixtisoslashgan SADE (Arxitektorlar va ishlab chiquvchilar jamiyati) kompaniyasini tuzgan va bu kompaniyaga rahbarlik qilgan. Ukraina, Turkmaniston, Janubiy Koreya, Belgiya, Kongo, Jazoir ham bu kompaniyaga aʼzo bo;lishgan. Yangi avlod yigʻma beton sohasida fransuz texnologiyalarini transfer qilish va yangi loyihalar hamda qoʻshma korxonalarni yaratish (Fransiya bilan): Fransiya, Ispaniya, Rossiya Federatsiyasida yoʻlga qoʻyilgan. Manuel birinchi marta qishloq xoʻjaligi erkin iqtisodiy zonalari va toʻliq erkin iqtisodiy zonalar kontseptsiyasini shakllantirgan.

Oʻz qarashlari haqida u shunday degan:

„Men arxitektor emasman. Men rejissyorman. Men arxitektura maktabidan emas, teatr maktabidan kelganman. Men uchun esa arxitektura teatrdagi faoliyatimning davomi boʻlib, uni juda oddiy taʼriflash mumkin: men tragikomik boʻlishga harakat qilaman. Agar teatr madaniyatida oʻlchov birligi shaxs boʻlsa, arxitekturada bu metrik tizimdir. Faoliyatimda men teatrlashtirilgan, insoniy oʻlchov tizimini afzal koʻraman“.

"Men oʻzimni ateist-mistik deb bilaman. Ammo madaniyat nuqtai nazaridan men katoliklikdan koʻra pravoslavlikka yaqinroqman, garchi umrimning koʻp qismini Ispaniya va Fransiyada oʻtkazgan boʻlsam ham.

Koʻplab tanlovlar gʻolibi, Noisy-le-Granddagi Arena Picasso turar-joy majmuasi, ESADE instituti va Barselonadagi innovatsion Teatre Lliure majmuasi, Parijdagi Jorj Brassens kolleji va boshqalar loyihasi muallifi hisoblanadi.

Uning loyihalari Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Bolgariya, Gruziya, Jazoir va Kongoda amalga oshirilgan.

2010-yil 3-fevralda rasmiy tender boʻlib oʻtdi. Markazning Parijdagi eng yaxshi loyihasi tanlovi natijalariga koʻra, Yanowsky tomonidan „Arch Group“ MChJning Moskva ustaxonasi bilan birgalikda taqdim etilgan taklifi gʻolib boʻldi[6]. Yer uchastkasida cherkov, yeparxiya uchun maʼmuriy binolar, koʻp tarmoqli zallar va seminariya oʻquv xonalari, seminarchilar uchun yotoqxona va kutubxona qurishga qaror qilindi. 2012-yil noyabrida Parij meri, yangi partiya hukumati va shaxsan Fransiya madaniyat vaziri Aureli Filipettining talabiga koʻra, prezident maʼmuriyati arxitektor Manuel Nunes-Yanovski bilan shartnomani bekor qilgan. „Ular zulm ramzi Senadan koʻrinishini xohlamadilar“, deb tushuntirgan Manuel RBCga bergan intervyusida. Yangi loyihani ishlab chiqish arxitektor Jan-Mishel Vilmotga topshirilgan. Nunes-Yanovskiyning oʻzi qaror ustidan sudga shikoyat qilmoqchiligi aytib oʻtgan[11].

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. „Taller de Arquitectura“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-noyabr.
  3. „Les Atelliers du Grand Hornu“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-noyabr.
  4. „MNY“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-noyabr.
  5. „SADE“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-noyabr.
  6. „Хай-тек + имперский размах“ (deadlink). 2011-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-aprel.