Maolim at-tanzil
“Maolim at-Tanzil” nomi bilan ham tanilgan “Tafsir al-Bagʻaviy” (arab. تفسير البغوي) Husayn ibn Mas’ud al-Bagʻaviy (vaf. 1122) tomonidan Sa’labiyning (vaf. 1035) “Tafsir at-Sa’labiy” asari qisqartmasi sifatida yozilgan.
U, odatda, rivoyatga asoslangan tafsir kitoblaridan biri sifatida tasniflanadi, chunki unda sahoba va tobeinlarning koʻplab rivoyatlari jamlangan. Kitob birinchi navbatda 11 ishonchli rivoyat zanjiriga tayanadi va Bag‘aviy o‘z asarining muqaddimasida ularni zikr qilib oʻtgan[1]. Hozirda asarning toʻrt va sakkiz jildlik Livan va Qohira nashrlari mavjud.
Manbalar
tahrir- ↑ الرازحي, علي بن أحمد. التيسير لمعرفة المشهور من أسانيد وكتب التفسير. Sana', Yemen: Dar Alathar, 2007 — 208-bet.