Maori tili (maoriy tilida:Te reo Māori) — avstronez tillari oilasining polinez tillari guruhiga kiruvchi til. Yangi Zelandiyaning mahalliy tub aholisi, Maorilarning milliy tili. 1987-yildan Yangi Zelandiyaning rasmiy tillaridan biri.  Uning eng yaqin qardosh tillari - kuk tili, tahiti tili, tuamotu tili va boshqa Fransuz Polineziyasida tarqalgan tillar.

Maori tili
Milliy nomi Te reo Māori
Mamlakatlar Yangi Zelandiya
Rasmiylik holati Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 50 000 - 186 000
Turkumlanishi
Til oilasi Avstronez tillari
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 mi
ISO 639-2 mao
ISO 639-3 mri

Kelib chiqishi

tahrir

Maori tilining kelib chiqish ildizi polinez orollariga borib taqaladi. Ushbu til dastlab migrantlar tomonidan Aotearoa(hozirgi Yangi Zelandiya)ga olib kelingan.

Ushbu til yillar davomida o'zgarishlarni boshdan kechirishiga qaramasdan, Maori xalqining tarixi, urf-odatlari va muloqot qilishlarida katta ahamiyati bo'lgan

Til oilasi

tahrir

Maori tili Avstroneziya til oilasiga kiradi[1]. Maori tili Gavayi, Tahiti va Samoa kabi boshqa Polineziya tillari bilan kuchli linguistik aloqasi bor va shuning uchun ham ushbu til orol madaniyatlari va ajdodlari bilan bog'liqligini aks ettiradi.

Grammatikasi

tahrir

Maori tilida unli harflar muhim ro'l o'ynaydi. Bunga qaramasdan bu tilda juda kam unli va undosh harflar bor. Birgina unli harflar so'zlarni bir biridan farqlashga sabab bo'la oladi. Huddi boshqa tillar kabi, Maori tilida ham ega, kesim, to'ldiruvchi kabi gap bo'laklari, zamon qo'shimchalari mavjud. [2]

Joriy holati

tahrir

Maori tili tarixiy omillar tufayli obrosini biroz yo'qotgan bo'lsa-da, davom etayotgan jonlantirish tashabbuslari uning qayta tiklanishiga yordam bermoqda[3]... Bugungi kunda maori tili Yangi Zelandiyada rasmiy til maqomiga ega va bu tilning ommaviy axborot vositalari, hukumat va madaniy tadbirlarda mavjudligi uning doimiy ahamiyatini yaqqol aks etiradi.

  1. Harlow, R.. The Austronesian Languages of Asia and Madagascar: A Historical Perspective.. Routledge., 2020. 
  2. Rāwiri, A. (2022). (2022). „"Te Reo Māori in the Digital Age."“. Journal of Indigenous Language Revitalization. 30–44-bet.
  3. Keegan, T. (2017). „In The Oxford Handbook of Endangered Languages“, . "Maori Language Revitalization.". Oxford University Press. — 256-274-bet.