Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.

Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilm-hunar, doʻstlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan. Maqol uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, koʻp hollarda qofiyadoshlik, baʼzan koʻp maʼnolilik, majoziy maʼnolarga boylik kabi xususiyatlar harakterli. Maqollarda antiteza hodisasi koʻp uchraydi ("Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl" va boshqalar).

Turkiy xalqlarning maqollaridan namunalar dastlab maqol Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham oʻzbek xalqi orasida turli vari-antlarda ishlatiladi. Shuningdek, maqol Koshgʻariy asarida "Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin"; "Odam olasi ichida, mol olasi tashida" kabi.Biz maqollarni hayotda juda kop ishlatamiz to'ğrimi!

Maqollar baʼzan matal, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli soʻz, tanbeh, mashoyixlar soʻzi, hikmatli maqol, donishmandlar soʻzi, otalar soʻzi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Maqollarning ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy ahamiyati juda, xattoki, gʻoyat katta. Matalda narsa tasviri, uning harakteristikasi beriladi, maqolda esa toʻla tugallangan fikr-xulosa ifodalanadi. So'z ko'rki - maqol!

Adabiyot

tahrir
  • Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh., Maʼnolar maxzani, T., 2001.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Havolalar

tahrir