Maqom (tasavvufda)
Maqom (tasavvufda) — islomda sufiylikka xos tushuncha, har bir sufiy bosib oʻtishi lozim boʻlgan bosqichlar. Tariqatlarda M.larning soni har xil keltiriladi, lekin koʻp hollarda 4 M. tilga olinadi: shariat, tariqat, maʼrifat, haqiqat (qarang Tasavvuf). Lekin, tasavvufning ayrim yirik namoyandalari M.larni koʻproq deb hisoblagan. Masalan, Fariduddin Attor 7 M., Gʻazoliy 9 M.ni taʼriflagan. Har bir M. ham, oʻz navbatida, bir necha kichik bosqichlarga boʻlinadi (ayrim sufiylarda bu bosqichlar 8 dan 10 gacha koʻrsatilgan) va ular manzil deb ataladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |