Paxtaorol (tuman)
Paxtaorol — Turkiston viloyatining janubiy qismida joylashgan tuman. Maydoni 1,8 ming km² (viloyat hududining 1,5 %). Aholisi 133 539 kishi[4]. Tuman markazi — Mirzakent qishlogʻi.
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Turkiston viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Mirzakent | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Akim | Beysenbayev Jamantay | |
Rasmiy tillar | qozoq | |
Aholi (2018) | 133 539[1] | |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar 83,22 % Tojiklar 8,11 % Oʻzbeklar 3,73 % Ruslar 1,49 % boshqalar 3,45 % (2015г.)[2] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar | |
Maydoni | 1,800 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 72534[3] | |
Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
Rasmiy sayti | http://www.maqtaaral.kz/ | |
Xaritada | ||
40°45′0″N 68°35′0″E / 40.75000°N 68.58333°E |
Tarixi
tahrirOldingi Sirdaryo guberniyasi, Tashqazaq uezining Yirjan boʻlisi parchalanib, shuning asosida 1928-yili 3-sentyabrda Yirjar tumani nomi bilan qayta tashkil etildi. 1930-yilda Paxtaorol nomi berildi. 1997-yili 24-aprelda paxta etishtiruvchi uchta tuman (Asiqata, Jetisay, Paxtaorol) parchalanib, ularning hududi qoʻshilib markazi — Jetisay shahri nomi bilan Paxtaorol tumani tashkil topdi. 2018-yil 5-iyunda Paxtaorol tumani tarkibidan Jetisay tumani ajralib chiqdi[5].
Aholisi
tahrirTuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 297,931 kishini tashkil qildi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km 2ga 165,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanda salmoqli qiymatga ega millatlar: qozoqlar, oʻzbeklar, tojiklar va boshqalar
Iqlimi
tahrirIqlimi kontinental, qishi qisqa va iliq, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-4 °C, iyulniki 28-29 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200–250 mm.
Korxonalari
tahrirTumanda 37-ta korxonalar 2007-yilning 1-choragida 4-mlrd 267-million tangalik mahsulotlar ishlab chiqarib, shu yilning rivojlanish rejasini 101,6 % bajardi.
Katta qishloqlari
tahrir- Atakent
- Asiqata,
- Mirzakent
- Algʻabas
- Jalin
- Besketіk,
- Qizilqum
- Satbayev
Qishloq xoʻjaligi
tahrirTuman dehqonlari 139-ming gektar ekinzorning 122744 gektariga paxta, 4834-gektariga gʻalla oʻsimliklari, 5092-gektariga ekinlar, 860-gektariga koʻchatlar, 566,2-gektariga uzum, 5830-gektariga bugʻdoy ekib, hozirgi kunda 1400-tonna bugʻdoy, 29000-tonna koʻkatlar, 37500- tonna mevalarning hosili olindi.
Madaniyat, sport
tahrirTumanda madaniy hizmat boʻyicha 30 ta madaniyat uylari, klublar va 36 ta kutubxona bor.
Manbalar
tahrir- ↑ „Об изменении численности населения Туркестанской области в разрезе городов и районов с начала 2018 года до 1 сентября 2018 года“ (deadlink). Министерство национальной экономики Республики Казахстан. Комитет по статистике. 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Агентство Республики Казахстан по статистике. Этнодемографический сборник Республики Казахстан 2015“. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-noyabr.
- ↑ Sayt Yujno-Kazaxstanskoy oblasti[sayt ishlamaydi]
- ↑ Указ Президента Республики Казахстан «Об изменениях в административно-территориальном устройстве Южно-Казахстанской области» от 5 июня 2018 года № 698