Maqtuʼ hadis (arabcha: الْمَقْطُوعُ) — Maqtuʼ lugʻatda "uzilgan" degan maʼnoni anglatadi.

Sanadi Tobeinda toʻxtagan hadis "maqtuʼ hadis" deyiladi. Bunday hadislar Nabiyga taalluqli boʻlish darajasidan uzilib qolgani uchun "maqtuʼ", yaʼni "uzilgan" deb nomlangan.

Maqtuʼ hadisga allomalar turlicha taʼrif berishgan:

  • Ibn Saloh "Ulumul hadis" kitobida Xotib Abu Bakr hofizning quyidagi gapini iqtibos qilib keltirgan: "Maqtuʼ tobeinlarda toʻxtagan narsadir"[1].
  • Ibn Hajarning "Nuxbatul fikar" kitobida: "Tobein va undan pastdagi roviylarga izofa qilingan gap yoki amal maqtuʼ deyiladi", deya taʼriflagan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Ibn Saloh, "Ulumul xadis", 47-bet.
  2. Jaloliddin Hamraqulov. Hadis ilmi istilohlari. -T.: "Movarounnahr". 2014. 62-64-betlar.