Marafon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Marafon yugurishi - yengil at letikada katta yoʻl (shosse) da 42 km 195 m ni yugurib oʻtish. Nomi va masofa uzunligi yunon askari haqidagi rivoyat bilan bogʻliq: u Yunonistondagi Marafon qishlogʻi bilan Afina oʻrtasidagi taxminan 40 km yoʻlni yugurib oʻtib, Afinaga yunonlarning forslar ustidan gʻalabasi (miloddan avvalgi 490 yil) toʻgʻrisidagi xabarni yetkazgan. Marafon yugurishi 1896-yildan Olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |