Marakaybo — Venesueladagi koʻl, Karib dengizining Venesuela qoʻltigʻidan jan.da, qoʻltiq bilan sayoz (2–4 m) boʻgʻoz bilan bogʻlangan (boʻgʻoz orqali uz. 8,7 km li koʻprik qurilgan). M. garbda Syerrade-Perixa va sharkda Kordilyera-Merida togʻ tizmalari oraligidagi botiqda joylashgan. Maydoni 16,3 ming km² (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 13,3 ming km²). Chuq. 250 m gacha. Sohil kismi botqoklashgan pasttekislik. M.ga 50 dan ortiq daryo quyiladi. Daryo oqiziqlarining juda koʻp kelib tushishi natijasida koʻl maydoni kichrayib bormoqda. Koʻl suvi jan. qismida chuchuk, shim.da shoʻrroq. M.da kema qatnaydi. Koʻl hududida yirik neft konlari topilgan. Gʻarbiy sohilida Marakaybo porti joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil