Marat Aubakirov
Marat Gabbasovich Aubakirov (1952-yil 23-fevralda) – sovet va qozoq harbiyi, general-mayor .
Biografiyasi
tahrirMarat Aubakirov 1952-yil 23-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1969-yildan boshlab SSSR Qurolli Kuchlari safida boʻlgan. Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini (1973), Rossiya Federatsiyasi Zirhli Kuchlari Harbiy akademiyasini (1984) tugatgan. Tank, vzvod, rota, batalyon komandiri boʻlib xizmat qilgan. 1985-yilda Gruziya SSR Oliy Kengashi nomidagi Qizil Yulduz diviziyasining komandiri boʻlgan. 1988-yildan kichik komandirlarni tayyorlash oʻquv markazi boshligʻi etib tayinlangan.1996-yildan – Qozogʻiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qurol-yarogʻ va texnika fondi boshligʻi boʻlgan. Shuningdek Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
Mukofotlari
tahrir- Qizil yulduz ordeni
- "Harbiy hamdoʻstlikni mustahkamlagani uchun" medali
- „SSSR Qurolli Kuchlari faxriysi“ medali
- "SSSR Qurolli Kuchlariga 50 yil" yubiley medali
- "SSSR Qurolli Kuchlariga 60 yil" yubiley medali [1]
- "SSSR Qurolli Kuchlariga 70 yil" yubiley medali [2]
- 1-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
- II darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
- III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
- „Harbiy jasorat uchun“ medali va boshqalar.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- . Алматы: Қазақ энциклопедиясы. ISBN 9965-9389-9-7.