Marathiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Marathiy — marathalar tili. Hindistonning Maharashtra shtati aholisining rasmiy tili, shu davlatning asosiy adabiy tillaridan hisoblanadi. Hind-Yevropa tillari oilasining hindoriy guruhiga mansub. Bu tilda 60 mln.ga yaqin kishi gaplashadi (1990). Hozirgi M. tili 3 (deshiy, konkamiy va sharqiy) shevaga boʻlinadi. Adabiy tiliga deshiy shevasi asos boʻlgan. Alif-bosi devanagariy yozuvida. M. tilining tarixi 13-asrda yaratila boshlanib, 19-asrda adabiy til sifatida shakllangan. Boshqa hind-oriy tillariga nisbatan qad. holatdagi 3 xil jins(rod)ni saqlab qolgan hamda "S" va "Dz" kabi tish oldi affrikatlariga ham ega.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |