Marcin Robak
Marcin Robak (talaffuzi: Marchin Robak; 1982-yil 29-noyabrda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. 2010—2014-yillar oraligʻida Polsha terma jamoasi safida 9ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marcin Robak | ||
Tavallud sanasi | 29-noyabr 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Legnica, Polsha | ||
Boʻyi | 1.84 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2002 | Konfeks Legnica | 8 | (1) |
2002—2005 | Miedź Legnica | 33 | (12) |
2006—2008 | Korona Kielce | 66 | (19) |
2008—2010 | Widzew Łódź | 73 | (46) |
2011—2012 | Konyaspor | 50 | (12) |
2012—2013 | Mersin İdmanyurdu | 0 | (0) |
2013—2014 | Piast Gliwice | 14 | (5) |
2014—2015 | Pogoń Szczecin | 49 | (32) |
2015—2017 | Lech Poznań | 45 | (20) |
2017—2019 | Śląsk Wrocław | 68 | (37) |
Milliy terma jamoa | |||
2010—2014 | Polsha | 9 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyati
tahrirRobakning Ekstraklasadagi birinchi klubi Korona Kielce boʻlib, jamoada 2006-yilning 25-martida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Koronaning asosiy hujumchisiga aylandi va 2007—2008-yilgi mavsumda oʻnta gol urdi.
Kelasi mavsum Koronadan Widzew Łódźga oʻtdi. I liganing eng yaxshi hujumchilaridan biri boʻlib, klubdagi birinchi mavsumida 20 ta gol urdi. Widzew Robak bilan birga keyingi mavsumda Ekstraklasaga koʻtarildi va ilk bor Robak Polsha terma jamoasiga chaqiruv oldi.
2010—2011-yilgi mavsum oʻrtalarida Turkiyaning Konyaspor klubiga oʻtdi[1]. Klub 2011—2012-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Robak Mersin Talim Yurduga oʻtdi va klubda mavsumning yarmini oʻynadi.
Robak Polshaga qaytib, Piast Gliwice bilan shartnoma imzoladi[2]. 2013-yil 13-avgustda Robak Pogoń Szczecinga oʻtdi va 2013—2014-yilgi mavsumda 22 ta gol bilan Ekstraklasada eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Pogondagi soʻnggi mavsumi jarohatlarga boy boʻldi va Robak bor-yoʻgʻi 17 liga oʻyinda ishtirok etgan.
2015—2016-yilgi mavsum oldidan ikki yillik shartnoma asosida amaldagi chempion Lech Poznańga oʻtdi. 2016—2017-yilgi mavsumda ligada 18 ta gol urdi va ikkinchi marta Marco Paixão bilan birga Ekstraklasaning eng yaxshi toʻpurarlari boʻldi.
2017-yilda Śląsk Wrocław bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilning 30-aprelida Robak Ekstraklasadagi 100-golini urdi.
2019—2020-yilgi mavsumda Robak Polshaning uchinchi divizioni vakili Widzewda oʻynadi[3]. Hujumchi 2021-yilning yozida klubni tark etdi[4].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Liga | Kubok | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Korona Kielce | 2005—2006 | Ekstraklasa | 10 | 2 | 3 | 0 | - | - | 13 | 2 | ||
2006—2007 | 28 | 7 | 3 | 3 | - | 6 | 2 | 37 | 12 | |||
2007—2008 | 28 | 10 | 1 | 0 | - | 2 | 1 | 31 | 11 | |||
Jami | 66 | 19 | 7 | 3 | - | 8 | 3 | 81 | 25 | |||
Widzew Łódź | 2008—2009 | I liga | 30 | 21 | 1 | 0 | - | - | 31 | 21 | ||
2009—2010 | 33 | 18 | 1 | 0 | - | - | 34 | 18 | ||||
2010—2011 | Ekstraklasa | 10 | 7 | 1 | 0 | - | - | 11 | 7 | |||
Jami | 73 | 46 | 3 | 0 | - | - | 76 | 46 | ||||
Konyaspor | 2010—2011 | Süper Lig | 16 | 4 | - | - | - | 16 | 4 | |||
2011—2012 | TFF First Liga | 34 | 8 | 0 | 0 | - | - | 34 | 8 | |||
Jami | 50 | 12 | 0 | 0 | - | - | 50 | 12 | ||||
Mersin İdmanyurdu | 2012—2013 | Süper Lig | 0 | 0 | 2 | 0 | - | - | 2 | 0 | ||
Piast Gliwice | 2012—2013 | Ekstraklasa | 11 | 4 | - | - | - | 11 | 4 | |||
2013—2014 | 3 | 1 | - | 2 | 2 | - | 5 | 3 | ||||
Jami | 14 | 5 | - | 2 | 2 | - | 16 | 7 | ||||
Pogoń Szczecin | 2013—2014 | Ekstraklasa | 32 | 21 | 1 | 1 | - | - | 33 | 22 | ||
2014—2015 | 17 | 11 | 1 | 1 | - | - | 18 | 12 | ||||
Jami | 49 | 32 | 2 | 2 | - | - | 51 | 34 | ||||
Lech Poznań | 2015—2016 | Ekstraklasa | 8 | 2 | 1 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 13 | 2 |
2016—2017 | 37 | 18 | 6 | 3 | - | 1 | 0 | 44 | 21 | |||
2017—2018 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | 1 | 0 | |||
Jami | 45 | 20 | 7 | 3 | 4 | 0 | 2 | 0 | 58 | 23 | ||
Śląsk Wrocław | 2017—2018 | Ekstraklasa | 31 | 18 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | 33 | 18 | |
Jami faoliyati | 328 | 152 | 22 | 8 | 7 | 2 | 10 | 3 | 367 | 165 |
1 Shu jumladan, Polsha Superkubogi va Ekstraklasa kubogi .
Xalqaro Gollar
tahrir- Hisob va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Polshaning gollari soni, hisoblar ustuni Robak golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2010-yil 20-yanvar | Nakhon Ratchasima, Tailand | Tailand | 3—0 | 3—1 | Doʻstona |
Yutuqlari
tahrirLech Poznań
- Polsha Superkubogi : 2015, 2016
Widzew Łódź
- I liga: 2008—2009, 2009—2010
Individual
- Ekstraklasa toʻpurari: 2013—2014, 2016—2017
Manbalar
tahrir- ↑ „Polish Players in Lower Ligas“ (en-US). JohnnyBet. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Marcin Robak - Łączy nas piłka“. www.laczynaspilka.pl. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
- ↑ „Marcin Robak piłkarzem Widzewa“. www.90minut.pl. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
- ↑ Marcin Robak odchodzi z Widzewa Łódź (Wayback Machine saytida 2021-07-31 sanasida arxivlangan), widzew.com, 13 June 2021
- ↑ „Marcin Robak“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
- ↑ „Marcin Robak“. 90minut.pl. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.