Marganetsli oʻgʻitlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Marganetsli oʻgʻitlar - tarkibida marganets boʻlgan oʻgʻitlar. M.oʻ.ga maxsus tayyorlangan oʻgʻitlar va preparatlar, marganets bilan boyitilgan mineral oʻgʻitlar va baʼzi sanoat chiqindilari kiradi. M.oʻ. sifatida marganetsli superfosfat (2-3% MpO, 17-18% R2O5), marganets sulfat (MnSO4), tarkibida marganets boʻlgan preparat (3,5— 4,5% MpO); tarkibida fosfor va marganets boʻlgan preparat (18% MnSO4); marganetsli shlam (12—22% MpO) ishlatiladi. Marganetsli superfosfat (tarkibida 17—18% R2O5 va 2—3% chamasida marganets boʻladi) fos-formarganetsli oʻgʻit hisoblanadi. Kukunsimon superfosfatga marganets shlami qoʻshib donadorlashtiriladi. Marganets sulfat oq yoki och kulrang kristall kukun, suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa ekishdan oldin solinadi, vegetatsiya davrida usimliklarni oziqlantirishga hamda ekish oldidan urugʻlarni ishlashda qoʻllanadi.
Marganetsli oʻgʻitlar tuproqning usimliklar uzlashtira oladigan shakldagi marganets bilan taʼminlanganligiga qarab qoʻllanadi. Oʻsish davrida Marganetsli oʻgʻitlar gektariga 4–6 kg miqdorda asosiy oʻgʻitlar bilan birga beriladi. Marganetsning muhim manbalaridan biri goʻng hisoblanadi. Yerga gektariga 10—20 t miqdorda goʻng solinganda oʻsimliklarning marganetsga bulgan ehtiyoji tuda qondiriladi (yana q. Mikrooʻgʻitlar).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |