Margarit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Margarit (yun. margarites — marvarid) — qatli silikatlar kenja sinfiga mansub mineral (murt slyudalar guruhidan), H2CaAl2Si2O|2. Qoʻshimchalardan, kupincha, Na, Fe, Mg, baʼzan Be va Li. Monoklin singoniyada kristallanadi. Ajralish shakli — plastinkasimon va tangasimon agregatlar. Rangi marvaridsimon oq, sargʻimtir, pushti; kulrangsimon tovlanadi. Yaltiroqligi sadafsimon. Qovushqoqligi bir yoʻnalishli mukammal. Qattikligi 3,5—4,5; zichligi 3,0—3,1 g/sm3. Moʻrt. Metamorfik slanetslarda, kupincha, korund bilan birga hosil buladi. Ilgari M. nisbatan kamyob mineral hisoblanar edi, keyinchalik oddiy jins xrsil qiluvchi mineral ekanligi maʼlum buldi. Oʻzbekistonda kristalli slanetslarda va najdak bilan birga uchraydi. Horijda Shveysariya, Kanada, Gretsiya, Qozogʻiston (Semizbugʻi), Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |