Amélie d'Orléans

(Maria Améliadan yoʻnaltirildi)

Dona Maria Amélia – (Fransuzcha: Marie Amélie Louise Hélène, 1865-yil 28-sentabr – 1951-yil 25-oktabr) Shahzoda Carlos I ning rafiqasi, Portugaliyaning oxirgi malikasi. U 1895-yilda Portugaliya regenti boʻlgan.

Maria Amélia

Qirolicha Amélia 1901-yilda
Tavalludi 28-sentyabr 1865-yil
Vafoti 25-oktyabr 1951-yil(1951-10-25)
(86 yoshda)
Le Chesnay, Seine-et-Oise, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya, Portugaliya
Turmush oʻrtogʻi Carlos I
Otasi Shahzoda Philippe (Parij grafi)
Onasi Malika Marie Isabelle
Imzosi

Nasabi

tahrir

Amélia shahzoda Philippening toʻngʻich qizi boʻlib, tugʻilgandan buyon Orléan malikasi hisoblanadi. Uning ota tomon bobo va buvisi shahzoda Ferdinand Philippe – Orléan gertsogi, Duchess Helena – Mecklenburg-Schwerin gertsogi hisoblangan. Ona tomondan bobo va buvisi shahzoda Antoine Montpensier gertsogi, Infanta Louisa Fernanda Ispaniyalik boʻlishgan. Orléan va Montpensier gertsoglari aka-ukalar boʻlib, ikkisi ham Fransiya qiroli Louis-Philippe I ning oʻgʻillaridir.

Hayoti

tahrir
 
Qirolicha Yulduzlar diademasi kiyimida

Malika Amélia 1886-yil 22-mayda Portugaliya shahzodasi Carlosga turmushga chiqqan. U shu vaqtda taxt vorisi hisoblangan. Amélia 21 yoshda, Carlos 23 yoshda boʻlgan. Ular uch nafar farzand koʻrgan.

Farzandlari:

Luís Filipe (1887-yil 21-mart – 1908-yil 1-fevral).

Infanta Maria Anna (1887-yil 14-dekabrda tugʻilgan).

Manuel II (1889-yil 15-noyabr – 1932-yil 2-iyul).

Amélia qirolicha sifatida siyosatda faol ishtirok etgan. Sil kasalligining oldini olish, davolash, sanatoriyalar, dorixonalar, xayriya jamgʻarmalari tashkil qilish va boshqa ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etgan. Portugal tilini yaxshi oʻrgangan, opera, adabiyot, teatrga qiziqqan, kundalik yozgan hamda rasmlar chizib turgan. 1985-yilda turmush oʻrtogʻining oʻrniga regent sifatida ishlagan. 1902-yilda Oʻrta Yer dengiziga sayohat qilgan. 1892-yilda Rim papasi Leo XIII Améliaga oltin atirgul sovgʻa qilgan.

 
Lissabondagi suiqasd tasviri

1908-yil 1-fevralda Qirol Carlos va oilasi Lissabon shahri markazidan Necessidades saroyiga ketayotib, Rua do Arsenalda olomon orasidagi ikki nafar notanish kimsalar tomonidan oʻqqa tutiladi. Qirol oʻsha joyda vafot etgan, uning merosxoʻri shahzoda Dom Luis qattiq yaralangan, yosh bola boʻlgan Dom Manuel qoʻlidan jarohat olgan. Qirolicha Amélia oʻzining kenja oʻgʻli Manuel IIni oʻzi yasagan guldastalar bilan himoya qilib, saqlab qolishga ulgurgani takidlanadi. Ikki qotil soqchilar tomonidan otib oʻldirilgan. Hokimiyat Portugaliyalik Manuell II qoʻliga oʻtishidan koʻp oʻtmay, 1910-yil 5-oktabrda oktabr inqilobi harbiy toʻntarishi sodir etiladi. Shu bilan Portugaliya Birinchi Respublikasi tashkil topadi. Qirolicha Amélia qirollik oilasining boshqa aʼzolari bilan Portugaliyani tark etib surgunga ketgan. Shu bilan u hayotining koʻp qismini Fransiyada oʻtkazadi. 1949-yilda u bosh vazir Antonio de Oliveyra taklifiga koʻra Portugaliyadagi mol-mulkini oʻzining xudojoʻy oʻgʻli Braganza gertsogi Duarte Pioga qoldirgan.

Vafoti

tahrir

Qirolicha Amélia 1951-yil 25-oktabr ertalab soat 9:35 da uremiya kasalligidan vafot etadi. Davlat dafn marosimi oʻtkazilib, qirolicha San-Visente-de-Fora monastiridagi Braganzas panteonida dafn etilgan.

Unvonlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Archived copy“. 2016-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-may.
  2. „Photographic image : A Fillon“ (JPG). 40.media.tumblr.com. Qaraldi: 2017-yil 17-may.
  3. „Amelia of Orleans, Queen of Portugal, late 19th-early 20th century.Artist: Camacho“. Gettyimages.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 17-may.
  4. „Filial Hommage“ (fr) (1909-yil 10-may), s. 2. 2019-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-may.
  5. 5,0 5,1 Justus Perthes, Almanach de Gotha (1921) p. 26
  6. „Archived copy“. upload.wikimedia.org. 2016-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  7. „Archived copy“. 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-may.
  8. „Real orden de Damas Nobles de la Reina Maria Luisa“, Guía Oficial de España (es), 1887 — 169-bet. 
  9. Bragança, Jose Vicente de; Estrela, Paulo Jorge (2017). "Troca de Decorações entre os Reis de Portugal e os Imperadores da Rússia" (pt). Pro Phalaris 16: 7. Archived from the original on 2021-11-23. https://web.archive.org/web/20211123145805/https://www.academia.edu/35782766. Qaraldi: 19 March 2020. Amélie d'Orléans]]