Maria Branyas Morera (1907-yil 4-mart, San-Fransisko – 2024-yil 19-avgust, Olot) – ispaniyalik oʻta uzoq umr koʻrgan ayol, uning yoshi Gerontologiya tadqiqot guruhi (GRG), Ginnesning rekordlar kitobi va LongeviQuest guruhi (LQ) tomonidan tasdiqlangan[2]. Maria 2023-yil 17-yanvardan (Lyusil Randon vafotidan keyin) va 2024-yil 19-avgustda umrining soʻnggiga qadar Yer yuzidagi eng keksa inson boʻlib qoldi va uning yoshi 117 yosh 169 kun boʻlgan[3].

Maria Branyas
Tavalludi
kat. Maria Branyas Morera

4-mart 1907-yil
Vafoti 19-avgust 2024-yil(2024-08-19)
(117 yoshda)
Olot), Kataloniya, Ispaniya
Fuqaroligi Ispaniya va AQSh[1]
Turmush oʻrtogʻi
Joan Moret
(turm. 1931; vaf. 1976)
Bolalari 3

Hayoti

tahrir

Branyas 1907-yil 4-martda Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida muhojirlar oilasida tugʻilgan. U Joseph Branyas Julià (1877—1915) va Teresa Morera Laque (1880—1968) ning birinchi farzandi va toʻngʻich qizi boʻlgan. Bolaligida oilasi bilan Yangi Orleanga koʻchib oʻtdi, u yerda otasi Mercurio jurnaliga asos solgan va uni ispan tilida soʻzlashuvchi amerikaliklar uchun muvaffaqiyatli nashr etgan[4][5]. 1915-yilda oila Ispaniyaga qaytishga qaror qildi, ammo otasi kemada sil kasalligidan vafot etgan. Branyas akalari bilan oʻynab yurganida, bir qulogʻi eshitish qobiliyatini yoʻqotib, yuqori palubadan pastki palubaga yiqilib tushdi[6]. Ona qizi bilan Kataloniyaga koʻchib oʻtdi, u yerda Maria 1931-yilda shifokor Joan Moretga turmushga chiqdi. Ispaniyadagi fuqarolar urushi paytida Truxilodagi dala kasalxonasida hamshira boʻlib ishlagan[7]. Ularning uchta farzandi, oʻn bitta nabirasi va oʻn uchta chevarasi bo'lgan[8]. 1990-yillarda Branyas Misr, Italiya, Niderlandiya va Angliya boʻylab sayohat qilgan. Sayohat davomida tikuvchilik, musiqa va oʻqish bilan shugʻullangan[9]. 2000-yilda, 93 yoshida, pnevmoniya bilan kasallanganidan soʻng Kataloniyaning Olot shahridagi qariyalar uyiga koʻchib oʻtgan[10][11]. Branyas 108 yoshgacha pianino chalgan va eshitish qobiliyatini yoʻqotganligi sababli muloqot qilish uchun ovozli-matn platformasidan foydalangan[12][13][14].

2019-yil 22-dekabrdan beri Maria Ispaniyaning eng keksa fuqarosi hisoblangan.

Salomatlik va uzoq umr koʻrish

tahrir

2020-yil mart oyida Branyas COVID-19 dan tuzalgan eng keksa odamga aylandi[15]. The Observer nashriga bergan intervyusida u keksalarga yaxshiroq munosabatda boʻlishga chaqirdi[16]: „Bu pandemiya keksalarni jamiyatimizning unutilganlari ekanligini koʻrsatdi. Ular bugungi hayot sifati uchun butun umr kurashib, vaqtlarini va orzularini qurbon qilishdi. Ular dunyoni bu tarzda tark etishga loyiq emas edilar“[17].

2020-yil iyul oyida Ispaniyaning Milliy tadqiqot kengashi va Dalt Pharmacy tomonidan koronavirus pandemiyasining qariyalar uylari aholisiga taʼsirini oʻrganish boʻyicha tadqiqot oʻtkazildi. Tadqiqot uning sharafiga Proyecto Branyas („Loyiha Branyas“) deb nomlangan[18][19].

Branyas 2023-yil 17-yanvarda fransiyalik Lyusil Randon vafotidan soʻng rasman dunyodagi eng keksa kishiga aylandi[20]. Shuningdek, 2023-yil 21-aprelda Ana Mariya Vela Rubioni ortda qoldirib, Ispaniyada yashagan eng keksa odamga va 2023-yil 14-mayda Tekla Juniewiczni ortda qoldirib, dunyodagi eng keksa muhojirga aylandi. 2023-yil 12-dekabrda yaponiyalik Fusa Tatsumi vafotidan soʻng, Branyas 1907-yilda tugʻilgan oxirgi tasdiqlangan tirik qolgan shaxs boʻlib qoldi[21].

2023-yilda Maria keksa yoshda salomatlik va xotirani yaxshi saqlashi natijasida ilmiy tadqiqot mavzusiga aylandi[22].

Branyas 2024-yil 19-avgustda 117 yoshu 168 kunligida uyqusida vafot etgan[23][24][25].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. „María Branyas Morera“ (en). LongeviQuest. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  3. „World's oldest person, French nun Sister Andre, dies aged 118“ (en) (2023-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  4. Simón, Pedro. „Maria, la Española de 111 años que derrotó al coronavirus“ (es). El Mundo (2020-yil 23-iyul), s. 37–8. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.
  5. „María Branyas, la abuela de Catalunya: “No he hecho nada más que vivir”“ (es). La Vanguardia (2019-yil 13-oktyabr). 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.
  6. Branyas, Maria „Tweet by Super Àvia Catalana“ (ca). Twitter (2020-yil 18-dekabr). 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
  7. Costa-Pau, Aniol „La 'superàvia catalana' ja és la persona més vella del món“ (ca). Ara (2023-yil 18-yanvar). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  8. Simón, Pedro. „Maria, la Española de 111 años que derrotó al coronavirus“ (es). El Mundo (2020-yil 23-iyul), s. 37–8. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  9. Simón, Pedro. „Maria, la Española de 111 años que derrotó al coronavirus“ (es). El Mundo (2020-yil 23-iyul), s. 37–8. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  10. Simón, Pedro. „Maria, la Española de 111 años que derrotó al coronavirus“ (es). El Mundo (2020-yil 23-iyul), s. 37–8. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  11. Jordan, Guifré. „Meet Catalonia's oldest person, a 112-year-old“. Catalan News (2019-yil 19-avgust).
  12. Georgiou, Aristos „World's oldest person Maria Branyas did this until she was 108 years old“. Newsweek (2023-yil 18-yanvar).
  13. „Décès de sœur André: Maria Branyas Morera, 115 ans, serait la nouvelle doyenne de l'humanité“ (fr-FR). Sudouest (2023-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
  14. „World's oldest living person confirmed as US-born Spanish woman“. Guinness World Records (2023-yil 19-yanvar).
  15. Supercentenarians, Demographic Research Monographs. Springer, 25 May 2010 — 338-bet. DOI:10.1007/978-3-642-11520-2. ISBN 978-3-642-11519-6. 
  16. „Catalonia's senior-most citizen survives Covid-19 at age 113“. Catalan News (2020-yil 11-may).
  17. Kassam, Ashifa. „113-year-old coronavirus survivor: 'The elderly are the forgotten ones of society'“ (2020-yil 16-may). 2020-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
  18. Simón, Pedro. „Maria, la Española de 111 años que derrotó al coronavirus“ (es). El Mundo (2020-yil 23-iyul), s. 37–8. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  19. „Maria Branyas“ (en). Branyas Project. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  20. „World's oldest person, French nun Sister Andre, dies aged 118“ (en) (2023-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  21. „World Supercentenarian Rankings List – Gerontology Research Group“ (en). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  22. „Scientists study world's oldest person to unearth secret to long life“ (en). The Independent (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  23. „Muere Maria Branyas, la persona más longeva del mundo, a los 117 años“ (es). La Vanguardia (2024-yil 20-avgust). Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  24. „World's oldest person dies in Spain at 117, says family“. RTÉ News (2024-yil 20-avgust). Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  25. „S’ha mort Maria Branyas, la persona més gran del món“ (ca). Vilaweb.cat (2024-yil 20-avgust). Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.