Mariano Rajoy

Ispaniyalik siyosatchi, 2011-2018-yillarda Ispaniya bosh vaziri

Mariano Rajoy Brey (talaffuzi: Mariano Raxoy Brey; 27-mart 1955, Santyago-de-Kompostela) – Ispaniya xalq partiyasi rahbari. 2011-yildan 2018-yilgacha – hukumat raisi.

Mariano Rajoy
 Ispaniya Bosh vaziri
Mansab davri
2011-yil 21-dekabrdan – 2018-yil 1-iyungacha
Monarx Juan Carlos I
Felipe VI
Oʻtmishdoshi José Luis Rodríguez Zapatero
Vorisi Pedro Sánchez
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-mart 1955-yil (1955-03-27) (69 yosh)
Santyago de Kompostela
Mukofotlari
Serbiya Respublikasi lentali ordeni

2011-yil 20-noyabrda boʻlib oʻtgan umumxalq parlament saylovlarida uning rahbarligidagi Ispaniya xalq partiyasi gʻalaba qozonib, quyi palatadagi 350 oʻrindan 186 tasini qoʻlga kiritdi. Ispaniya tarixida ikki monarx: 2011-2014-yillarda Juan Carlos I va 2014-2018-yillarda Filipp VI davrida ishlagan yagona bosh vazir boʻlgan.

Biografiyasi

tahrir

Santyago-de-Kompostela universitetining yuridik fakultetini bitirgan va uy-joy qaydchisi vazifasida ishlagan. 1981-yilda Xalq partiyasiga (Alianza Popular) qabul qilngan.

1982-yilda Galisiya hukumati parlament bilan aloqalar qoʻmitasi raisi.

1983-yilda Pontevedera qonunchilik kengashi aʼzosi etib saylandi.

1986-yilda Pontevedera qonunchilik kengashi raisi (1991-yilgacha).

1986-yilda Pontevedera hukumati raisi etib saylandi.

1993-yilda Ispaniya bosh korteslari aʼzoligiga saylandi.

1996-yilda Ispaniya jamoat ishlari vaziri.

1999-yilda Ispaniya madaniyat va taʼlim vaziri.

2000-yilda hukumat raisining birinchi oʻrinbosari.

2001-yilda ichki ishlar vaziri.

2002-yilda hukumat apparati rahbari.

2003-yilda Ispaniya xalq partiyasi rahbari etib saylandi.

16-aprel 2004-yildan 21-dekabr 2011-yilgacha muxolifat rahbari.

2011-yildan 2018-yilgacha hukumat raisi[1][2][3].

Mukofotlari

tahrir
Mamlakat Sana Mukofot Turi
  Ispaniya 2011-yil 21-dekabr Karlos III ordeni Buyuk kansleri
  Meksika 2012-yil 18-aprel Atstek burguti ordenining maxsus toifasi Buyuk ritsari
  Ispaniya 2003-yil 12-sentyabr Buyuk Karlos III ordeni ritsari
  Serbiya 2013-yil Serbiya Respublikasi ordeni lentasi ritsari
  Peru 2013-yil Quyosh ordeni ritsarining Katta xochi
  Ispaniya 2018-yil 3-avgust Katolik Izabella ordeni zanjiri ritsari
  Portugaliya 2018-yil 15-aprel Xristian ordeni ritsarining Buyuk xochi GCC
  Chili Buyuk xizmatlari uchun ordeni ritsarining Buyuk xochi

Manbalar

tahrir
  1. Xrupkaya koalitsiya: kak Ispaniya ele izbejala tretix za viborov
  2. Korrupsionniy skandal v Ispanii: premer-ministra Mariano Raxoya vizivayut v sud
  3. В Испании премьера вызвали в суд для дачи показаний по делу о коррупции, 2018-04-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-04-18