Marika Ninou

Gretsiyalik qo'shiqchi

Marika Ninou (grekcha: Μαρίκα Νίνου; tugʻilgan vaqtidagi ism-familiyasi: Evangelia Atamian Ευαγγελία Αταμιάν; 1922-yil – 23-fevral 1957-yil) arman-yunon[1][2] rebetiko qoʻshiqchisi.

Marika Ninou
Μαρίκα Νίνου
Tavalludi Evangelia Atamian
23-fevral 1922-yil
Vafoti (aged 35)
Gretsiya
Janrlar Rebetiko
Kasbi qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1940-yillar-1957-yil
Fuqaroligi Yunoniston

Hayoti

tahrir

Marika Ninou 1922-yilda onasi, ikki opasi va sakkiz yoshli akasi Barkev Atamyanni Smirnadan (hozirgi Izmir) Pireyga olib kelgan „Evangelistriya“ kemasida tugʻilgan. U tugʻilgan vaqtida ancha nimjonligi uchun yashamaydi, deb oʻylab, uni omborga olib ketishgan. Biroq, u tirik boʻlgan va Evangelistriya kema kapitani darhol uni suvda choʻmiltirgan. Shu voqea sababli ham, uni Evangelia deb atashadi (yunoncha „Xushxabar eltuvchi, xushxabarchi“ degan maʼnoni anglatadi).

Gretsiyada yetib kelgach, uning oilasi Kokkiniyada, Megara koʻchasi, 50-uyda yashay boshlashgan. Yetti yoshida Marika Ninou Kokkiniyadagi Gretsiyaning „Zavarian“ koʻk xoch arman maktabida oʻqishni boshlagan.

U yerda Marika Ninou mandolin chalishni oʻrganadi va maktab orkestriga qoʻshiladi. Oʻsha vaqtda, ovozidagi noyob xislatlari tufayli Marika Ninou Kokkiniyadagi Avliyo Xagop arman cherkovida kuylay boshlaydi.

1939-yilda u birinchi turmush oʻrtogʻi Haig Mesrobian bilan oila quradi. Haig chilangar boʻlgan va Kokkiniyada oʻz doʻkoniga ega edi. 1940-yilda ularning oʻgʻli Ovanes dunyoga keladi. 1947-yilda Sovet kemalari Armanistonga ketmoqchi boʻlgan armanlarni olib ketish uchun Gretsiyaga keladi. Saloniki va Afinadagi arman aholisining yarmi kemada mamlakatdan chiqib ketadi. Ular orasida xotini va oʻgʻlini Gretsiyada tashlab ketgan Marika Ninuning eri Heig Mesrobian ham bor edi.

Marika Ninou 1944-yilda akrobat Nikos Nikolaides – „Nino“ bilan tanishadi va unga turmushga chiqadi. Ular birgalikda „The Duo Nino“ sifatida chiqish qila boshlaydilar. Marikaning oʻgʻli ham bu jamoaga qoʻshilgach, ularni „Ikki yarim Nino“ nomi bilan atay boshlashadi.

Ninolar ijrosidagi kuyni rassom Petros Kyriakos eshitib qoladi va Marika Ninouni Manolis Chiotisga u bilan ishlashi boʻyicha tavsiya qiladi. Chiotis 1948-yilda u bilan ikkita qoʻshiq yozgan. 1948-yil noyabr oyida Marika Ninou Yiannis Papaioannou bilan Fages To Paidi qoʻshigʻini kuylagan.

1948-yil oktyabr oyida Stelakis Perpiniadis (yunoncha: Στελλάκης Περπινιάδης) Marika Ninouni Florida klubida qoʻshiqchi sifatida ishlashga taklif etadi. Keyinchalik, maoshning kamligi sababli Marika Ninou Florida klubida ishlashdan bosh tortadi. Oʻsha vaqtda uning maoshi kunlik 25 drahmani tashkil etgan.

1949-yilga kelib, Ninou Vassilis Tsitsanis bilan Fat Jimmyda ishlay boshlaydi, bu yerdagi faoliyat ularning hayotida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Tsitsanis-Ninou juftligi Gretsiya musiqasi tarixida juda muhim oʻrin egallaydi. 1949-yilda Ninou birinchi marta Giorgos Mitsakis uchun qoʻshiq yozgan. Oʻsha yilning oktyabr oyida u Vassilis Tsitsanisning „For My Eyes I Love“ qoʻshigʻini yozadi.

1951-yil oktyabr oyida Ninou Tsitsanis bilan Istanbulda kontsert beradi, ammo shu konsertdan keyin ular alohida ishlashga qaror qilishadi[3].

Marika Ninouning Jimis tou Xodrou tavernasidagi chiqishlaridan biri 1977-yilda havaskor rassom tomonidan ishlangan rasm bilan, 1955-yilda magnitafonga yozib olingan diskda sotuvga chiqariladi. Ushbu yozuvning muqovasidagi eslatmada uning hayoti haqida koʻplab noaniqliklar mavjud, ammo uning arman millatiga mansubligi berkitilmagan.

1951-yil oktyabr oyida u Tsitsanis va Evangeliya Margaronis bilan birga Konstantinopolning Kasablanka markazida bir necha marta chiqish qiladi va ular ulkan muvaffaqiyatga erishishadi. Ularning maoshi Tsitsanis uchun uch funt, Ninou uchun ikki funt va Margaroni uchun bir funtni tashkil etgan.

Marika Ninou arxontorebetika yoʻnalishidagi baʼzi qoʻshiqlarni ham muvaffaqiyatli tarzda kuylagan, u oʻz ovozi bilan ishlab, uni rebetikaga oʻxshatadi va shu orqali oʻz yoʻnalishini boshqa ijtimoiy qatlamga oʻtkazadi.

1954-yilda Marika Ninou bachadon saratonidan aziyat chekayotgani aniqlanadi.

1954-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga joʻnab ketishdan oldin, Marika Ninou Afinada saraton operatsiyasini boshidan oʻtkazadi. Uning AQShga ketishiga asosiy ikki sababi boʻlgan. Birinchi sabab, qoʻshiq kuylash va shu tariqa saraton kasalligidan aziyat chekkan akasi Barkev va oʻzining oʻgʻli Ovanesning toʻrt kishilik oilasiga yordam berish boʻlgan. Ikkinchi sabab, u yerda eshitgan davolashning eng yaxshi usullarini oʻzida sinab koʻrish edi. Baxtga qarshi, uning saraton kasalligi AQShga borgan vaqtida tanasida tez tarqala boshlaydi va shu sababli, Gretsiyaga qaytib keladi. Uzoq vaqt kasallik bilan kurashganiga qaramay 35 yoshida saratondan vafot etadi.

Merosi

tahrir

Marika Ninou noyob ovoz balandligi va benuqson ohangning baland toniga ega edi, hamda hissiyot bilan shiddatli tarzda kuylagan. U jami 174 ta qoʻshiq yozgan, shulardan 119 tasi qoʻshiqchi sifatida faoliyat boshlaganidan soʻng kuylangan.

Costas Ferris rejissyorligi ostida suratga olingan „Rembetiko“ filmi Marika Ninouning hayotiga asoslangan[4].

Manbalar

tahrir
  1. Epi tēs ousias : studies in honour of Jussi Korhonen Kupula: . Finland, Helsinki: Books on Demand, 2008. ISBN 9789524980777. 
  2. Greek, original text by Elias Petropoulos ; translated from the. Songs of the Greek underworld : the Rebetika tradition. London: Saqi, 2000. ISBN 9780863563980. 
  3. World music, New Broughton: , London: Rough Guides, 1999. ISBN 9781858286358. 
  4. International film guide 1985, 22nd updated Cowie: , London: Tantivy Press, 1984. ISBN 9780900730221. 

Havolalar

tahrir