Maritsa jangi
Maritsa jangi - hozirgi Edirne shahridan gʻarbdagi Maritsa daryosi boʻyida serbmakedon lashkari (bosniyaliklar, bolgarlar, vengerlar, valaxlar va boshqa bilan birgalikda) va usmonli turklar oʻrtasida sodir boʻlgan jang (1371 y 26-sentyabr). Makedon zodagonlari Uglesha va uning ukasi Vukashin turklar bosqiniga qarshilik koʻrsatishga harakat qilib qoʻshin toʻplaganlar. Biroq yagona qoʻmondonlik boʻlmaganligi tufayli qoʻshinda intizom sust edi. 26-sentyabr ga oʻtar kechasi turk otliq qoʻshinlari qoʻqqisdan hujum qilib zafar qozongan. Uglesha va Vukashin jangda halok boʻlishgan. Maritsa jangidagi gʻalaba turklarga Bolqon yarim orol ichkarisiga yoʻl ochgan, ular Gʻarbiy Frakiya, Makedoniya, Serbiya va Bolgariyaning katta qismini zabt etganlar.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |