Mariupol
Donesk Xalq Respublikasi shahri
Mariupol (1948—89-yillarda Jdanov) — Ukrainaning Donesk viloyatidagi shahar, Azov dengizidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi — 504 ming kishi (1997). 2 metallsozlik kombinati (shu jumladan, „Azovstal“), mashinasozlik (ogʻir mashinasozlik, „Elektrobitpribor“, kema taʼmirlash va boshqa zavodlar), kimyo va kokskimyo, oziq-ovqat sanoati mavjud. Metallurgiya instituti, teatr, oʻlkashunoslik, etnografiya muzeylari bor. Iqlimiy va balchiq bilan davolash kurortlari faoliyat koʻrsatadi. Mariupolga 1778-yilda asos solingan, 1779-yildan shahar huquqini olgan.
Taniqli kishilar:
tahrir- Andrey Bednyakov - teleboshlovchi va aktyor. „Veryu ne veryu“ va „Oryol i reshka“ koʻrsatuv teleboshlovchisi.
Vikiomborda Mariupol haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |