Mariya
Isoning onasi
Deva Mariya — Xristian dinida Xudo qudratini ko'rsatuvchini - Iso Masih payg'ambarni onasi. Injilda aytilishicha, M. Iosifning xotini boʻlib, ilohiy homilador boʻlgan va Isoni tuqqan. M.ga sigʻinish, katoliklarda keng ta-rqalgan. Katolitsizmda M.ning oʻzi ham ilohiy homiladorlik bilan tugʻilganligi haqida (1854-yil), M. vafotidan soʻng uning jasadi osmonga koʻtarilib ketganligi haqida (1950-yil) aqidalar qabul qilindi. 1964-yil papa Pavel VI M.ni cherkov onasi deb eʼlon qildi. M. va uning goʻdagi mavzusi oʻrta asr sanʼatida katta oʻrin egallaydi. M. Islom dinida ham ayollar valiysi, homiysi deb ulug'lanadi, uning nomi Qurʼonda tilga olingan (qarang Bibi Maryam).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |