Marjinalizm
Marjinalizm-bu (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
tahrirM. meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.
M. iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga imkon beradi.
SSSR davrida M. markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli M.ning asosiy gʻoyalari tan olina boshlandi.
Abduxalil Razzoqov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |