Marjonbuloq qirlari - Jiz zax viloyatidagi qirlar. Gʻubdintogʻning shimoli-sharqida. Jan.-sharkdan shim.gʻarbga yoʻnalgan. Uzunligi 11 km, eni 5 km. Eng baland joyi 947 m. Relyefi oʻrtacha parchalangan, suvayirgʻich qismi yaxshi ifodalanmagan. Yon bagʻirlarining qiyaligi har xil, keng soylar bilan oʻyilgan. Karbon davrining metamorfik jinslari — slanetslaridan tuzilgan. Lessimon yotqiziqlar tub jinslar ustida kalin qatlam hosil qilgan. Turli oʻt va efemerlar oʻsadi. Flomis bilan rang va qoʻngʻirbosh tarqalgan. Bahorgi va kuzgi yaylov sifatida foydalaniladi, oʻrtacha mahsoʻldorligi gektariga 1—2 s. Marjonbuloq qirlaridan foydali qazilmalar topilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil