Marjondaraxt (Sambucus) -(shilvidoshlar) oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Buta yoki kichkina daraxt, baʼzan koʻp yillik oʻt. Ikkala yarimsharda 40 ga yaqin turi tarqalgan. Oʻzbekistonda kora M. (S.nigra) turi oʻsadi. U yirik buta yoki daraxtcha; guli sargʻish-oq, mayda, toʻpguli soyabonsimonroʻvaksimon, mevasi krramtirbinafsha, guli va mevalari vinoga rang berish va xushboʻy qilish uchun ishlatiladi; manzarali oʻsimlik. Shingilsimon, qizil yoki oddiy M. (S.racemosa) — ser-shox buta yoki daraxtcha; guli oqish yoki yashilsariq, toʻpguli tuxumsimon; mevasi qizil. Oʻtsimon M.yoki buznik (Sebulus) — koʻp yillik qoʻlansa oʻt, boʻyi 0,5—1,5 m. Qora M. va oʻtsimon M. gullarining qaynatmasi terlatuvchi, siydik haydovchi, burushtiruvchi sifatida va ogʻizni chayish uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil