Mark Maksimov
Mark Davidovich Maksimov (asl familiyasi Lipovich; 1918-yil 27-dekabrda Chernigov guberniyasining Snovsk shahrida tug‘ilgan - 1986-yil 20-noyabrda Moskvada vafot etgan) rus sovet shoiri, dramaturgi va publitsisti, tarjimoni, jurnalisti hamda maxsus muxbiri bo‘lgan. U o‘z asarlarini rus tilida yaratgan.
Mark Maksimov | |
---|---|
Tavalludi |
Марк Давыдович Липович 1918-yil 27-dekabr |
Vafoti |
1986-yil 20-noyabr Moskva, SSSR |
Ijod qilgan tillari | ruscha |
Fuqaroligi | SSSR |
Biografiyasi
tahrirMark o‘rmonchilik xizmatida ishlaydigan xodimning oilasida tug‘ilgan. Yosh bolaligida otasi vafot etgach, opasi bilan onasi, Yeva Yudovna Lipovich, tarbiyasida o‘sgan. Keyinchalik, Moskvada bolalar shifokori bo‘lib ishlaydigan xolasi Gita Yudovna Lipovichning oilasida tarbiyalangan[1]. 1936-1940-yillarda Kiev pedagogika institutining filologiya fakultetida tahsil olgan. Institut bitirganidan so‘ng, mahalliy gazeta tahririyatiga yo‘llanma olgan, biroq harbiy xizmatga chaqirilgan[2].
Shoirning birinchi she’ri 1939-yilda "Новом мире" jurnalida e’lon qilingan.
Mark Davidovich Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi. 1941-yil 22-iyunda urush vaqtida asirlikka tushgan va undan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Sovet Ittifoqi Qahramoni S. V. Grishin qo‘mondonligidagi "O‘n uchlar" nomli partizan otryadida jang qilgan. Razvedkachi, otliq razvedka siyosiy rahbari lavozimlarida xizmat qilgan, shuningdek, partizanlarning katta tirajli "Dushmanlarga o‘lim!" gazetasiga muharrirlik qilgan[3]. 1944-yil noyabr oyida Omskka yuborildi va u yerda "Gudok" gazetasining maxsus muxbiri sifatida faoliyat yuritdi. Aynan shu davrda Maksimov degan adabiy taxallusni qabul qildi[4]. 1985-yilda II darajali "Vatan urushi" ordeni, ikkita "Hurmat belgisi" ordeni va medallar bilan taqdirlangan[5].
1986-yil 20-noyabrda Moskvada vafot etgan va Kuntsevo qabristoniga dafn etilgan[6].
Oilasi
tahrirMark frontda paytda birinchi nikohidan ajralgan. Qizi Marina 1941-yilda tug‘ilgan.
U ikkinchi marta SSSR Yozuvchilar uyushmasi Badiiy adabiyot targ‘iboti byurosi xodimasi Antonina Nikolayevna Maksimova (qo‘shiqchi-shoir Georgiy Rublevning bevasi) bilan turmush qurgan. Ularning o‘g‘li yozuvchi va televideniye boshlovchisi Andrey Maksimovdir.
Manbalar
tahrir- ↑ „Гита Юдовна Липович в ГА РФ“. 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-aprel.
- ↑ .
- ↑ „Андрей Максимов: «Мой отец научил меня жить!»“. 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-aprel.
- ↑ .
- ↑ .
- ↑ „Могила М. Д. Максимова“. 2017-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-mart.