Markaziy Osiyo—Markaz magistral gaz quvuri
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Oʻrta osiyo markaz magistral gaz yoʻli — Rossiyaning sanoat rayonlarini Oʻzbekiston va Turkmanistondagi gaz konlaridan olinadigan tabiiy gaz bilan taʼminlaydigan yirik gaz quvuri. Uning 1navbati 1967-yilda ishga tushirilgan, unda diametri 700 dan 1220 mm gacha boʻlgan quvurlar qoʻllangan. Umumiy uz. 6542,1 km. Shatlik (Turkmaniston) gaz koni ochilishi bilan magistralning yana bir yoʻli qurilib, ishga tushirilgan. Uni qurishda katta diametr (1420 mm)li quvurlardan, zamonaviy gaz tortuvchi agregatlardan foydalanilgan. Magistralning 1, 2, 3gaz quvurlariga Uchqur va Shaxpaqti (Oʻzbekiston) hamda Gugurtli, Naip, Ochoq (Turkmaniston), 4gaz quvuriga Shatlik, Bayramali va Kirpichli konlaridan gaz olingan. Magistralning umumiy uz. (bir izli hisobda) 1350 ming km ni, jumladan, Oʻrta Osiyo hududida 4,35 ming km, Oʻzbekiston hududida 1490,6 km ni tashkil qiladi. 2004-yilda Rossiyaning „Gazprom“ kompaniyasi bilan „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikda Shaxpaqti (Chaqmoqli) konini qayta rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasi boʻyicha mahsulotni boʻlish va Rossiya hissasini mazkur magistral orqali joʻnatish haqida uzoq muddatli bitim imzolandi. Oʻzbekiston hududida gaz yoʻliga „Oʻzneftgaz“ milliy xolding kompaniyasiga qarashli „Oʻztransgaz“ aksiyadorlik jamiyati xizmat koʻrsatadi. Magistral tizimida yirik gaz kompressor st-yalari qurilgan. 2004-yilda bu magistral orqali Oʻzbekistondan 7 mlrd. m3gaz eksport qilindi.
Markaziy Osiyo—Markaz magistral gaz quvuri | |
---|---|
Joylashuv | |
Mamlakat | Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya |
Umumiy yoʻnalish | janub—shimol—sharq |
Boshlanish nuqtasi | Davlatobod gaz koni va Okarem, Turkmaniston |
Oʻtgan hudud | Shatlyk gaz koni, Xiva, Qoʻngʻirot, Cheleken, Beyneu |
Tugash nuqtasi | Alexandrov Gay, Rossiya |
Kesib oʻtgan | Amudaryo |
Asosiy maʼlumot | |
Turi | tabiiy gaz quvuri |
Sheriklar |
Gazprom Türkmengaz Oʻzbekneftgaz QazMunayGaz |
Ishga tushirilgan | 1969 |
Texnik maʼlumot | |
Uzunlik | 2,000 km (1,200 mi) |
Maksimal oʻtkazuvchanlik | 90 mlrd kub metr |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |