Markaziy Osiyo Ittifoqi (CAU) — (inglizcha: Central Asian Union; qozoqcha: Орталық Азия одағы; qoraqalpoqcha: Orayliq Aziya odaǵı; qirgʻizcha: Борбордук Азия биримдиги; tojikcha: Иттиҳоди Осиёи Марказӣ; turkmancha: Merkezi Aziýa birligy; oʻzbekcha: Markaziy Osiyo ittifoqi) — 2007-yil 26-aprelda Qozogʻiston birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan taklif etilgan beshta postsovet Oʻrta Osiyo respublikalarini siyosiy va iqtisodiy birlashtirish boʻyicha amalga oshirilmagan va faraziy loyiha[1] hisoblanadi. Ittifoqqa Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston kirishi kerak edi. Loyihani amalga oshirish Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida „Abadiy doʻstlik shartnomasi“ imzolanishi, shuningdek, erkin savdo zonasini tashkil etish rejalaridan nariga oʻtmadi. Loyiha Oʻzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagani uchun qisqartirildi[2][3].

Taklif etilayotgan ittifoq hududi 4 003 451 km² (dunyodagi 7-davlat. Hindiston hududidan katta hisoblanadi)

Hududi va aholisi

tahrir

Markaziy Osiyodagi besh respublikaning umumiy maydoni 4 003 451 km² ni tashkil etadi — bu Hindiston hududidan katta deganidir. Markaziy Osiyo beshligi mintaqasining umumiy hududi shimolda Rossiya Federatsiyasi, sharqda Xitoy Xalq Respublikasi, janubda Eron Islom Respublikasi va Afgʻoniston Islom Amirligi bilan chegaradosh boʻlib, gʻarbiy qismini esa Kaspiy dengizi suvlari bilan yuvib turadi.

2020-yil oxiriga kelib, Markaziy Osiyoning besh respublikasi aholisining umumiy soni qariyb 75 million kishini tashkil etdi. Bu Fransiya aholisidan koʻp — aholi soni boʻyicha dunyoda 20-davlat, shuningdek, Markaziy Osiyo beshligining aholisi Buyuk Britaniya, Tailand, Italiya, Germaniya, Turkiya va Eron aholisiga yaqinlashmoqda. Taxminan Markaziy Osiyoning besh respublikasi aholisining 90 % ni turkiyzabonlar tashkil etadi — ular oʻzbek, qozoq turkman, qirgʻiz, qoraqalpoq, tatar tillarida gaplashadi. Boshqa 10 % tojik, rus va boshqa tillarda soʻzlashuvchilardir. Mintaqa aholisining 90 % dan ortigʻi islom dinining sunniy shakliga eʼtiqod qiladi.

Potentsial tarkibi

tahrir
Mamlakat Aholi Maydoni, km² YaIM Aholi jon boshiga YaIM
Qozogʻiston 18 050 488 2 724 900 508,642 milliard dollar 27 549 dollar
Qirgʻiziston 6 000 000 199.900 24,492 milliard dollar 3877 dollar
Oʻzbekiston 34 036 800 447.400 231,358 milliard dollar 6 865 dollar
Tojikiston 8 610 000 143.100 27,802 milliard dollar 3146 dollar
Turkmaniston 5 171 943 488.100 99,6 milliard dollar 18 126 dollar
Jami 71 869 231 4 003 400 891,894 milliard dollar 12 749 dollar

Fikrlar

tahrir

Ittifoq tarafdorlari turizm, xavfsizlik va viza rejimi muvaffaqiyatli shakllansa, koʻplab masalalarni hal qilishni va KXShT va Xitoy-Rossiya Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga alternativa yaratishni rejalashtirgan edi[4]. Qozogʻiston Prezidenti Markaziy Osiyoning beshta davlati yangi yagona bozor va yagona valyuta yaratishga erishishi mumkinligini va ularning birlashishi YeI davlatlarining birlashuvidan koʻra ancha yaqinroq boʻlishini taʼkidlagan edi. Tarafdorlar, shuningdek, Qozogʻiston davlatining ittifoqqa rahbar etilishi taklifini rad etishgan[5].

Ittifoq muxoliflarining fikricha, davlatlar manfaatlari beshta davlatning birlashishiga imkon berish uchun juda farq qiladi va hech kim birinchi qadamni tashlashga shoshilmayapti. Siyosiy barqarorlik va iqtisodiy farovonlik boʻyicha xalqaro reytinglarda mamlakatlar umuman yuqori oʻrinlarni egallamaydi[6]. Tojikistonda bu loyiha Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyatini qayta jonlantirishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinish sifatida tanqid qilindi[7].

Markaziy Osiyoda yaqin qoʻshnichilik va millatlar-aro tinchlikni saqlash borasida bir nechta tashabbuslar ishlab chiqilgan, jumladan mintaqa davlatlari orasida sport turlari boʻyшcha Markaziy Osiyo oʻyinlari bir necha bor oʻtkazilgan.

Shuningdek

tahrir

Manbalar

tahrir