Marketing miks
Marketing miks (inglizcha: Marketing mix; baʼzan 4Ps deb ham yuritiladi) biznesdagi boshlangʻich modelni tasvirlochi termindir. 4Ps ingliz tilidagi toʻrtta soʻz, Product (mahsulot), Price (narx), Place (joylashuv) va Promotion (targʻibot)larning hammasi „P“ harfidan boshlanish sababidan „4Ps“ yoki „Marketing Mix“ deb yuritiladi. Marketologlar tomonidan Marketing miksga „maqsadli bozorda marketing rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda biznes egalari tomonidan qoʻllaniladigan marketing qurollar toʻplami“ -deb ham taʼrif beriladi.[1]
Marketing teoriyasi yigirma birinchi asr boshlarida paydo boʻldi. Bugungi kunda Marketing boshqaruvida dominantga aylangan ushbu Marketing miks birinchi boʻlib 1984-yilda nashr qilindi.[2] Xizmat koʻrsatish sektori marketingida kengaytirilgan Marketing miksdan foydalaniladi. Bunda odatdagi 4Ps ga uchta qoʻchimcha Process (jarayon), People (insonlar), Physical evidence (jismoniy dalil) elementlari qoʻshilib 7Ps xosil boʻladi.[3] Kamdan-kam xollarda, xizmat koʻrsatish sektor marketologlari 7Ps ga qoʻshimcha Performance (ijro) elementini qoʻshish orqali 8Ps deb ataydilar.
Marketing miks elementlarini toʻgʻri joylashtirish va shunga koʻra faoliyat olib borishda korxona marketing boshqaruvchilari zimmasiga masʼuliyat yuklaydi. Marketing miks elementlarining toʻgʻri joylashuvi kompaniyaning muvaffaqiyatli marketingida muhim rol oʻynaydi:[4]
- kuchli tomonlarni rivojlantirish va kuchsiz tomonlardan voz kechish
- raqobatbardoshlikni va kompaniyaning moslashuvchanligini kuchaytirish
- korxonaning ichki boʻlimlarini bir-biri bilan uzviy yaqin faoliyat olib borishini taʼminlash
Kategoriya | Taʼrifi/Tushinchasi | Odatiy marketingga oid qarorlar |
---|---|---|
Product (Mahsulot) | Mahsulot deb mijozning ehtiyojlari yoki istaklarini qondiruvchi narsaga aytiladi.
Mahsulot jismiy (ushlab koʻrsa boʻladigan barcha narsalar) yoki ushlab koʻrib boʻlmaydigan (xizmat koʻrsatish, gʻoya yoki tajriba ulashish kabilar) ga ajralishi mumkin. |
|
Price (Narx | Narx mijozning mahsulot evaziga tolaydigan miqdori
Narx, shuningdek, mijozning mahsulotga erishish uchun sarflaydigan vaqti, kuchi, eʼtibori va h.k larni ham anglatadi Narx savdo aylanmasidan tushadigan daromadga taʼsir qiluvchi omil Narx Marketing miksdagi kompaniya foydasidan soʻzlovchi yagona qism Narx, yana, mijozning qabul qilgan qiymatini oʻz ichiga oladi. |
|
Place (Joylashuv) | Joylashuv mijozlarning mahsulotga yetisha olishini anglatadi
Joylashuv mijozlarga qulaylik yaratish mumkin boʻlgan makondir |
|
Promotion (Targʻibot) | Targʻibot marketing kommunikatsiyalari (aloqa vositalari)ni anglatadi.
Targʻibot oʻz ichiga: reklama, PR (PiAr), toʻgʻridan toʻgʻri marketing va sotuv targʻibotini olishi mumkin. |
|
Havolalar
tahrir- ↑ Kotler, Philip. Marketing Management. Millenium Edition, 2001 — 9-bet.
- ↑ Christian, Gronroos „Chapter 32.2: Management decision“, . From marketing mix to relationshop marketing: towards a paradigm shift in marketing, 1994 — 4-20-bet.
- ↑ Jo, Mary „Marketing of services“, . Marketing Strategies and Organization Structures for Service Firms. American Marketing Association, 1981 — 47-51-bet.
- ↑ Mintz, Ofer. What Drives Managerial Use of Marketing and Financial Metrics and Does Metric Use Affect Performance of Marketing-Mix Activities?. Journal of Marketing, 2013.