Marlon Brando

amerikalik aktyor

Marlon Brando (3-aprel 1924-yilda tugʻilgan; 1-iyul 2004-yilda vafot etgan) – amerikalik aktyor, rejissor va siyosiy faol. Ikkita Oscar, ikkita Oltin Globus va uch karra BAFTA mukofoti sovrindori. Kino tarixidagi eng buyuk aktyorlardan biri.

Marlon Brando
Tavalludi 3-aprel 1924-yil
Vafoti 1-iyul 2004-yil(2004-07-01)
(80 yoshda)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor, rejissor
Mukofotlari
  • Oscar (1955, 1973)
  • Oltin globus (1955, 1973)
  • BAFTA (1953, 1954, 1955)
  • Kann kinofestivalining eng yaxshi aktyor mukofoti (1952)

The Godfather filmidagi mafiya sardori obrazi bilan mashhurlikka erishgan. Brando 1955-yilda „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oscar mukofotini olgan. 1973-yilda esa ikkinchi marotaba The Godfather filmi uchun berilgan „Eng yaxshi aktyor“ uchun Oscar mukofotini rad etgan va marosimga kelmagan[1][2].

Marlon Brando 2004-yil 1-iyulda nafas yetishmovchiligidan vafot etgan. Soʻnggi yillarda u semirib ketgan va deyarli uydan chiqmagan[3].

Oʻlimidan sal oldin aktyor Amerika Film Instituti tomonidan tuzilgan "100 yillikning 100 ta eng buyuk kino yulduzlari " roʻyxatida toʻrtinchi oʻringa joylashtirildi.

Time jurnali esa uni 20-asrning eng nufuzli odamlari roʻyxatiga kiritgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. Medina, Eduardo; Levenson, Michael. „Sacheen Littlefeather and the Question of Native Identity“ (en-US). The New York Times (2022-yil 29-oktyabr). 2022-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  2. https://web.archive.org/web/20090331081145/http://www.adherents.com/people/pb/Marlon_Brando.html
  3. „"Marlon Brando dies at 80." CNN, July 2, 2004“. CNN. 2007-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Time 100 Persons of the Century.“ (Wayback Machine saytida May 23, 2016, sanasida arxivlangan). Time, June 14, 1999.

Havolalar

tahrir